Jamiyat

"Gʻuzor toʻpoloni" daʼvatchilari oʻz qilmishi uchun javob berishlariga toʻgʻri keladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStroiteli na vozvedenii zavodta GTL v Kashkadarinskoy oblasti
Stroiteli na vozvedenii zavodta GTL v Kashkadarinskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi GTL zavodidagi ishchilarning ommaviy toʻpoloniga "bunga daʼvat qilganlar, albatta, aniqlanishi kerak", deya munosabat bildirdi

TOSHKENT, 10 noya – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Joriy yil 21 oktyabr kuni Enter Engineering kompaniyasining Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi obʼyektlaridan birida ishchilarning ommaviy toʻpoloni aks etgan video-yozuvlar tarqalgan edi. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi oʻrinbosari Qobiljon Qirgʻizaliyev ushbu holatda "toʻpolonga daʼvat qilganlar, albatta, aniqlanishi kerak", deya munosabat bildirdi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKobildjon Kirgizaliyev, zamestitel predsedatelya federatsii profsoyuzov RUz
Gʻuzor toʻpoloni daʼvatchilari oʻz qilmishi uchun javob berishlariga toʻgʻri keladi - Sputnik Oʻzbekiston
Kobildjon Kirgizaliyev, zamestitel predsedatelya federatsii profsoyuzov RUz

Qirgʻizaliyev "Gʻuzor toʻpoloni" voqeasi boʻyicha ushbu sharhni 9-noyabr kuni "Yangi Oʻzbekiston – yangi kasaba uyushmalari" mavzusida oʻtkazilgan matbuot-anjumanida aytdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Kasaba uyushmasi Federatsiyasi vakilining soʻzlariga koʻra, hodisa roʻy bergan kuni Federatsiya raisi topshirigʻiga koʻra, Qirgʻizaliyev boshchiligida ishchi guruh tuzilgan va Qashqadaryoga yoʻl olgan.

Stroitelstvo zavoda GTL - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qashqadaryodagi GTL zavodidagi ommaviy tartibsizliklar yuzasidan jinoiy ish ochildi

"Qurilishda 17 ming nafardan oshiq odam ishlashi kerak. Hozirgi kunda ishchilar soni 13,5 mingdan koʻp. Shundan 10 ming nafardan ortigʻi mahalliy ishchi xodimlar, qolganlari turli davlatlardan kelishgan. Hodisadan keyin Respublika kasaba uyushmasi rahbari topshiriqlari bilan mehnat inspektorlarimiz, Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmasi raisi, neft-gaz xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisini oʻz ichiga olgan katta guruh tuzdik va voqea joyiga yetib bordik. Energetika vaziri (Alisher) Sultonov, Mehnat munosabatlari vaziri (Nozim Husanov), Qashqadaryo viloyati hokimiyati vakillari va obʼyekt qurilishi ishlarini amalga oshirayotgan Enter Engineering kompaniyasi barcha rahbarlari oʻsha yerda ekan, birgalikda qilinadigan ishlarni muhokama qildik", - deya oʻsha kungi voqealarni esga oldi Qirgʻizaliyev.

Aytishicha, hodisaga oydinlik kiritish maqsadida har biri besh kishidan iborat oltita guruh tuzilgan. Shular orasida 20 nafarini kasaba uyushmalari, 5 nafarini ish beruvchilar, 5 nafarini Mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari tashkil etgan.

Har bir guruh alohida topshiriqlar boʻyicha oʻrganish olib borgan: xususan, oziq-ovqat mahsulotlari, transport, tibbiy koʻmak, ish haqlari va hokazo. Undan tashqari, 14ta savoldan iborat anketa tuzilib, guruhlarga tarqatilgan.

"Uch kun davomida 1,5 ming nafar ishchi xodim bilan muloqot oʻtkazdik. Aniqlangan eng katta muammo: obʼyektda ishchilari ilgari 22 kun ishlab, 8 kun dam olishgan boʻlsa, pandemiya tufayli oʻsha rejim buzilgan boʻlgan. Karantin joriy etilgani tufayli 30-35 yosh atrofida boʻlan yoshlar obʼyektda 60-70 kunlab qolib ketishgan. Tasavvur qiling, ish joyi atrofi toʻliq oʻralgan, postlar bor, hech joyga chiqish mumkinmas. Ammo eʼtirof etish kerak-ki, kompaniya oʻz xodimlarining sogʻligʻini muhofaza qilish uchun 5 mlrd soʻm sarf qilgan. Davolash mumkin boʻlganlarini oʻsha vaqtning oʻzida davolagan.

Meshok s saxarnыm peskom - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbek shakarining achchigʻi: Angren shakar zavodi nega inqiroz yoqasiga kelib qoldi?

Ikkinchi masala, obʼyektda shu minglab ishchilar uchun  10ta ovqatlanish korpusi tashkil etilgan va ularga monoblok oʻrnatilgan. Yaʼni har bir ishchiga maxsus karta berilgan, u kelib, shu kartani monoblokka qoʻyib, chek olib, shu chek bilan oshpaz oldiga boradi va ovqatini oladi.

Mingta odam ovqatga navbatda turgan, ularni ovqatlanishiga qancha vaqt ketadi? Monoblokning buzilishi esa 1000 kishini oʻsha yerda bir soatgacha qolib ketishiga olib kelgan. Ertalab beton quygan inson oʻsha yerda 50 minut qorni och qolib ketgan. Albatta bu ham inson ruhiyatiga juda taʼsir qiladi.

Uchinchidan, injener, texnik xodimlar va ishchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar ham yetarlicha tashkil etilgan emas. Mana shu holatlar ishchi guruh tomonidan anketalashtirish va suhbatlar davomida aniqlandi", - dedi Qirgʻizaliyev.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi oʻrinbosarining maʼlum qilishicha, hozirda bu ish bilan huquqni muhofaza qilish idoralari shugʻullanishmoqda, sababi, ishchilarni kim bunday ishga daʼvat etgani albatta, aniqlanishi shart.

"Buni aniqlash kerak, aniqlash shart. Qonunda belgilangan tartibda oʻz eʼtirozini aytish kerak edi. 7-8ta oshxonadagi narsalarni, kompyuterlarni, sovutadigan (uskunalarni) va hattoki oʻzlariga tibbiy yordam koʻrsatadigan meditsina punkti derazalarini chil-parchin qilishgan. Bu darajaga yetib borish uchun qanaqadir daʼvatchilar boʻlgan", - dedi u. 

Federatsiya tomonidan amalga oshirilgan ish

Ishchi guruhining maxsus anketalashtirish va ishchilar bilan oʻtkazgan muloqotidan soʻng, ularning eʼtiroz va istaklaridan kelib chiqqan holda 130ta avtobusga qoʻshimcha ravishda yana 20ta yangi avtobus olingan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev Kasaba uyushmasining faxriy oltin nishoni bilan taqdirlandi

Oshxonalardagi monoblok rejimi bekor qilingan. Ish tartibi ham 22/8 rejimiga qaytgan. Ishchilar yashash joyida savdo kompleksi qurilishi boshlangan. Qoʻshimcha sport zali tashkil etilishi belgilangan.

Shu bilan birga, ishchilarning 5 mingdan oshigʻi Kasaba uyushmasi aʼzosi ekanligi, ammo tashkilot kasaba uyushmasi Toshkentdaligi maʼlum boʻlgach, zavodning oʻzida ishchilar dardini tinglashi uchun Kasaba uyushmasi Federatsiyasi filiali tashkil qilingan.

Eslatib oʻtamiz, sal vaqt oldin Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati Uzbekistan GTL’da sodir boʻlgan toʻpolon zavodga 480 million soʻm zarar yetkazgani, norozilarga nisbatan jinoyat ishi ochilgani haqida xabar bergan edi.

Uborka listyev na ulitsax Bishkeka, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Kasaba uyushmasi ishdan nohaq haydalgan farroshlar huquqini sud orqali tikladi

Taʼkidlanishicha, zavodda oʻrnatilgan tartib-qoidadan norozi boʻlganlarga nisbatan viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi "v" bandi (Koʻp miqdordagi mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) va 277-moddasi 2-qismi "b", "v", "e" bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan; sovuq qurol yoki kishining sogʻligʻi uchun amalda shikast yetkazishi mumkin boʻlgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qoʻllash bilan qoʻrqitib yoxud qoʻllab; koʻp miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Viloyat IIBning maʼlum qilishicha, toʻpolon paytida ishchilar eshik va deraza romlarining oynalarini tosh va temir jismlar bilan urib sindirgan, ularni yaroqsiz holatga keltirgan. Xodimlarning xizmat xonalariga kirib 19 turdagi 14 million 320 ming soʻmlik kuzatuv kameralari, 9 dona har xil turdagi 4 million 365 ming soʻmlik yozuv stollari, 27 million 777 ming soʻmlik konditsionerga, korxonaning umumiy hisobda 480 million soʻmlik mol-mulkiga shikast yetkazgan.

Hodisa sodir boʻlgan joy viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tergovchilari tomonidan koʻzdan kechirilgan, ishga aloqador boʻlgan ishchilar jinoyat ishi doirasida guvoh tariqasida jalb qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala