"G‘uzor to‘poloni" da’vatchilari o‘z qilmishi uchun javob berishlariga to‘g‘ri keladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStroiteli na vozvedenii zavodta GTL v Kashkadarinskoy oblasti
Stroiteli na vozvedenii zavodta GTL v Kashkadarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi GTL zavodidagi ishchilarning ommaviy to‘poloniga "bunga da’vat qilganlar, albatta, aniqlanishi kerak", deya munosabat bildirdi

TOShKENT, 10 noya – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Joriy yil 21-oktabr kuni Enter Engineering kompaniyasining Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi obyektlaridan birida ishchilarning ommaviy to‘poloni aks etgan video-yozuvlar tarqalgan edi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari Qobiljon Qirg‘izaliyev ushbu holatda "to‘polonga da’vat qilganlar, albatta, aniqlanishi kerak", deya munosabat bildirdi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKobildjon Kirgizaliyev, zamestitel predsedatelya federatsii profsoyuzov RUz
G‘uzor to‘poloni da’vatchilari o‘z qilmishi uchun javob berishlariga to‘g‘ri keladi - Sputnik O‘zbekiston
Kobildjon Kirgizaliyev, zamestitel predsedatelya federatsii profsoyuzov RUz

Qirg‘izaliyev "G‘uzor to‘poloni" voqeasi bo‘yicha ushbu sharhni 9-noyabr kuni "Yangi O‘zbekiston – yangi kasaba uyushmalari" mavzusida o‘tkazilgan matbuot-anjumanida aytdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Kasaba uyushmasi Federatsiyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, hodisa ro‘y bergan kuni Federatsiya raisi topshirig‘iga ko‘ra, Qirg‘izaliyev boshchiligida ishchi guruh tuzilgan va Qashqadaryoga yo‘l olgan.

Stroitelstvo zavoda GTL - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryodagi GTL zavodidagi ommaviy tartibsizliklar yuzasidan jinoiy ish ochildi

"Qurilishda 17 ming nafardan oshiq odam ishlashi kerak. Hozirgi kunda ishchilar soni 13,5 mingdan ko‘p. Shundan 10 ming nafardan ortig‘i mahalliy ishchi xodimlar, qolganlari turli davlatlardan kelishgan. Hodisadan keyin Respublika kasaba uyushmasi rahbari topshiriqlari bilan mehnat inspektorlarimiz, Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmasi raisi, neft-gaz xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisini o‘z ichiga olgan katta guruh tuzdik va voqea joyiga yetib bordik. Energetika vaziri (Alisher) Sultonov, Mehnat munosabatlari vaziri (Nozim Husanov), Qashqadaryo viloyati hokimiyati vakillari va obyekt qurilishi ishlarini amalga oshirayotgan Enter Engineering kompaniyasi barcha rahbarlari o‘sha yerda ekan, birgalikda qilinadigan ishlarni muhokama qildik", - deya o‘sha kungi voqealarni esga oldi Qirg‘izaliyev.

Aytishicha, hodisaga oydinlik kiritish maqsadida har biri besh kishidan iborat oltita guruh tuzilgan. Shular orasida 20 nafarini kasaba uyushmalari, 5 nafarini ish beruvchilar, 5 nafarini Mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari tashkil etgan.

Har bir guruh alohida topshiriqlar bo‘yicha o‘rganish olib borgan: xususan, oziq-ovqat mahsulotlari, transport, tibbiy ko‘mak, ish haqlari va hokazo. Undan tashqari, 14ta savoldan iborat anketa tuzilib, guruhlarga tarqatilgan.

"Uch kun davomida 1,5 ming nafar ishchi xodim bilan muloqot o‘tkazdik. Aniqlangan eng katta muammo: obyektda ishchilari ilgari 22 kun ishlab, 8 kun dam olishgan bo‘lsa, pandemiya tufayli o‘sha rejim buzilgan bo‘lgan. Karantin joriy etilgani tufayli 30-35 yosh atrofida bo‘lan yoshlar obyektda 60-70 kunlab qolib ketishgan. Tasavvur qiling, ish joyi atrofi to‘liq o‘ralgan, postlar bor, hech joyga chiqish mumkinmas. Ammo e’tirof etish kerak-ki, kompaniya o‘z xodimlarining sog‘lig‘ini muhofaza qilish uchun 5 mlrd so‘m sarf qilgan. Davolash mumkin bo‘lganlarini o‘sha vaqtning o‘zida davolagan.

Meshok s saxarnim peskom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek shakarining achchig‘i: Angren shakar zavodi nega inqiroz yoqasiga kelib qoldi?

Ikkinchi masala, obyektda shu minglab ishchilar uchun  10ta ovqatlanish korpusi tashkil etilgan va ularga monoblok o‘rnatilgan. Ya’ni har bir ishchiga maxsus karta berilgan, u kelib, shu kartani monoblokka qo‘yib, chek olib, shu chek bilan oshpaz oldiga boradi va ovqatini oladi.

Mingta odam ovqatga navbatda turgan, ularni ovqatlanishiga qancha vaqt ketadi? Monoblokning buzilishi esa 1000 kishini o‘sha yerda bir soatgacha qolib ketishiga olib kelgan. Ertalab beton quygan inson o‘sha yerda 50 minut qorni och qolib ketgan. Albatta bu ham inson ruhiyatiga juda ta’sir qiladi.

Uchinchidan, injener, texnik xodimlar va ishchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ham yetarlicha tashkil etilgan emas. Mana shu holatlar ishchi guruh tomonidan anketalashtirish va suhbatlar davomida aniqlandi", - dedi Qirg‘izaliyev.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, hozirda bu ish bilan huquqni muhofaza qilish idoralari shug‘ullanishmoqda, sababi, ishchilarni kim bunday ishga da’vat etgani albatta, aniqlanishi shart.

"Buni aniqlash kerak, aniqlash shart. Qonunda belgilangan tartibda o‘z e’tirozini aytish kerak edi. 7-8ta oshxonadagi narsalarni, kompyuterlarni, sovutadigan (uskunalarni) va hattoki o‘zlariga tibbiy yordam ko‘rsatadigan meditsina punkti derazalarini chil-parchin qilishgan. Bu darajaga yetib borish uchun qanaqadir da’vatchilar bo‘lgan", - dedi u. 

Federatsiya tomonidan amalga oshirilgan ish

Ishchi guruhining maxsus anketalashtirish va ishchilar bilan o‘tkazgan muloqotidan so‘ng, ularning e’tiroz va istaklaridan kelib chiqqan holda 130ta avtobusga qo‘shimcha ravishda yana 20ta yangi avtobus olingan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Kasaba uyushmasining faxriy oltin nishoni bilan taqdirlandi

Oshxonalardagi monoblok rejimi bekor qilingan. Ish tartibi ham 22/8 rejimiga qaytgan. Ishchilar yashash joyida savdo kompleksi qurilishi boshlangan. Qo‘shimcha sport zali tashkil etilishi belgilangan.

Shu bilan birga, ishchilarning 5 mingdan oshig‘i Kasaba uyushmasi a’zosi ekanligi, ammo tashkilot kasaba uyushmasi Toshkentdaligi ma’lum bo‘lgach, zavodning o‘zida ishchilar dardini tinglashi uchun Kasaba uyushmasi Federatsiyasi filiali tashkil qilingan.

Eslatib o‘tamiz, sal vaqt oldin Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati Uzbekistan GTL’da sodir bo‘lgan to‘polon zavodga 480 million so‘m zarar yetkazgani, norozilarga nisbatan jinoyat ishi ochilgani haqida xabar bergan edi.

Uborka listyev na ulitsax Bishkeka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Kasaba uyushmasi ishdan nohaq haydalgan farroshlar huquqini sud orqali tikladi

Ta’kidlanishicha, zavodda o‘rnatilgan tartib-qoidadan norozi bo‘lganlarga nisbatan viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi "v" bandi (Ko‘p miqdordagi mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) va 277-moddasi 2-qismi "b", "v", "e" bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan; sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab; ko‘p miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, to‘polon paytida ishchilar eshik va deraza romlarining oynalarini tosh va temir jismlar bilan urib sindirgan, ularni yaroqsiz holatga keltirgan. Xodimlarning xizmat xonalariga kirib 19 turdagi 14 million 320 ming so‘mlik kuzatuv kameralari, 9 dona har xil turdagi 4 million 365 ming so‘mlik yozuv stollari, 27 million 777 ming so‘mlik konditsionerga, korxonaning umumiy hisobda 480 million so‘mlik mol-mulkiga shikast yetkazgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joy viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tergovchilari tomonidan ko‘zdan kechirilgan, ishga aloqador bo‘lgan ishchilar jinoyat ishi doirasida guvoh tariqasida jalb qilingan.

Yangiliklar lentasi
0