Bangladeshdan jalb qilinayotgan mutaxassislar yuzasidan bayonot berildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishRabochie na stroitelstve avtomobilnogo mosta
Rabochie na stroitelstve avtomobilnogo mosta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksining loyihasi uchun Bangladeshdan 900 nafar xorijiy mutaxassislar jalb qilinayotganligi to‘g‘risidagi xabar qizg‘in muhokama qilinmoqda.

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bangladeshdan jalb qilinayotgan mutaxassislar yuzasidan bayonot berdi.

Avvalroq OAVlarda “O‘zbekneftegaz” AJ va “Uzbekistan GTL” tomonidan amalga oshirilayotgan Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksining metan tozalash bazasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish loyihasi uchun Bangladeshdan 900 nafar xorijiy mutaxassislar jalb qilinayotganligi to‘g‘risida xabar tarqalgan edi.

Rabochie na stroyploshadke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik quruvchilar AES qurilishiga taklif qilindi

Xabarda yozilishicha, mamlakat prezidentining tegishli qarorida “O‘zbekneftegaz” AJ va “Uzbekistan GTL” MChJ buyurtmalari asosida xorijiy mutaxassislarni o‘rnatilgan tartibda jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq esa xorijiy fuqarolar O‘zbekiston hududida ishlash uchun tasdiqnomalar olishi belgilangan.

Ish beruvchi belgilangan tartibda chet el fuqarosiga O‘zbekiston hududida mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnomani olish maqsadida Tashqi mehnat migratsiya agentligiga murojaat qilish lozim.

“Lekin shu kungacha “O‘zbekneftegaz” AJ, “Uzbekistan GTL” yoki loyiha bosh pudratchisi, “ENTER Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi mazkur tasdiqnomani olish uchun murojaat qilmagan”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Ta’kidlanishicha, yuqoridagi loyiha uchun jalb qilinayotgan xorijiy ish kuchi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar so‘ralgan va o‘rganilmoqda.

Vazirlik mazkur loyihani amalga oshirish doirasida talab qilinadigan bo‘sh ish o‘rinlariga mahalliy ishsiz aholini jalb etish, ularning malaka darajasi yetarli bo‘lmaganda bepul kasbiy o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0