Habib menejeri jangchining oktagonga qaytishiga ishora qildi

© REUTERS/Christopher PikeXabib Nurmagomedov
Xabib Nurmagomedov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedov menejeri Ali Abdel-Aziz jangchining oktagonga qaytishiga shama qildi.

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedov menejeri Ali Abdel-Aziz jangchining oktagonga qaytishiga shama qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozdi.

U o‘z tvitida Nurmagomedov jangda g‘alaba qozonishini bashorat qildi.

25 oktabr kuni UFC 254 musobaqasida Habib Nurmagomedov amerikalik jangchi Jastin Getji ustidan g‘alaba qozonib, chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. Jangdan so‘ng rossiyalik chempion MMAdagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.

Sportchi 29 ta jangda o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

Nurmagomedovning Getji ustidan g‘alabasidan so‘ng UFC rahbariyati vazn toifasidan qat’iy nazar jangchilarning yangilangan reytingini taqdim etdi, unda Habib birinchi o‘rinni egalladi.

Yangiliklar lentasi
0