Xolod: O‘zbekiston uchun shakar - bu ikkinchi guruch, ishlab chiqarishni optimallashtirish muhim

© Iz lichnogo arxiva Leonida XolodaLeonid Xolod
Leonid Xolod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisodiy fanlar doktori, RF Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirining sobiq o‘rinbosari Leonid Xolod respublikadagi ikkita shakar zavodlari - "Angren shakar" va "Xorazm shakar" yopilishi yuzasidan izoh berdi

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, respublikada shakar kompleksiga aksiz va bojxona shartlarining o‘zgartirilgani tufayli zavodlarda muammo yuzaga kelgan.

Meshok s saxarnim peskom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek shakarining achchig‘i: Angren shakar zavodi nega inqiroz yoqasiga kelib qoldi?

"O‘zbekiston tabiiy-klimatik sabablarga ko‘ra, shakar qamish va lavlagi xom-ashyosini chiqara olmaydi". - dedi Leonid Xolod.

Mutaxassisning xabar berishicha, agar respublikada lavlagi xom-ashyosi ishlab chiqariladigan taqdirda ham, u haddan ziyod qimmat bo‘ladi, chunki lavlagi o‘rta polosa, masalan Ukraina yoki bo‘lmasa RFning janubi-g‘arbiy qismida yetishtiraladigan darajadagi shirin bo‘lishiga hech qanday kafolat yo‘q.

"O‘zbek zavodlari, ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda olib kelinadigan xom-ashyoda ishlashlari mumkin. Shakar qamish yoki lavlagidan olinadigan xom-ashyo o‘z narxiga ega", - deya tushuntiradi spiker.

RF qishloq xo‘jaligi sobiq vazir o‘rinbosarining taxminiga ko‘ra, O‘zbekistondagi tayyor mahsulot, olib kiriladigan mahsulotga nisbatan, garchi ishlab-chiqarish korxonasi energosamarali, zamonaviy va texnologik jihatdan ham samarali bo‘lib turgan bir vaqtda, qimmat bo‘lishi holatida muammo xo‘jalik sharoitlarida yashirin bo‘lishi mumkin.

Saxarniy zavod  - Sputnik O‘zbekiston
Angren shakar zavodidagi holat: korxona 5 oy ishlamagan, lekin xodimlarga oylik to‘langan

"Birja orqali savdo narxning ko‘tarilishiga yoki zavodlar xo‘jalik sharoitlari yomonlashishiga olib kelmaydi. Ular atigi ikkita. Birja orqali mahsulotni realizatsiya qilish monopolizm xatarini yo‘q qiladi, albatta, agar ushbu mahsulot xaridorlari o‘z monopsoniyasini yaratishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun kuzatib borilgan taqdirda. Birjadagi tovarda bir-biri bilan raqobatlashuvchi xaridorlari bo‘lsa, umuman olganda bu aksincha, qimmatlashtiruvchi emas, balki arzonlashtiruvchi omil sanaladi", - dedi Xolod.

Ekspert fikricha, bu yerda muammo bojxona va aksiz tartibga solish tizimida yashiringan.

"Ishlab chiqarish hajmini kamaytirib bo‘lmaydi, nega deganda bu samaradorlikni pasaytiradi, natijada shakar faqat qimmatlay boshlaydi. Zavod qiymati esa aynan zagruzkada. Umuman olganda, zavodlar hattoki chetdan keltiriladigan xom-ashyodan nisbatan arzon mahsulotni ishlab chiqarishlari kerak. Texnologiyaga kelsak, u qayta sozlanishi mumkin", - deydi spiker.

Leonid Xolodning fikricha, zavod egalari bozor ko‘taradigan xom-ashyoga ko‘proq e’tibor qaratishlari lozim. Davlat esa zavodlar rentabelligini qayta tiklash uchun nima qilish zarurligi borasida o‘ylab ko‘rishi - korxonalarning ijtimoiy yuki, kelib tushayotgan tovar bilan birga ishlab chiqarish hajmini ko‘rib chiqishi kerak, deya xulosa qiladi ekspert.

To‘liq sharhni Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Leonid Xolod o tom, chto delat Uzbekistanu s saxarnoy promishlennostyu
Yangiliklar lentasi
0