Migratsiya

Rossiyada migrantlar uchun RVP kvotasi keskin qisqartirildi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishVыdacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoye projivaniye
Vыdacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoye projivaniye - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan yil bilan taqqoslaganda bu koʻrsatgich deyarli yarim baravarga qisqargan. 2020 yilda 60 270 kishiga kvota ajratilgan edi.

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. 2021 yilda Rossiyada vaqtincha yashash guvohnomasini (RVP) 39 mingdan ziyod chet ellik fuqarolar olishi mumkin.

Mintaqalarga kvota ajratish toʻgʻrisidagi farmoyishga mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin imzo chekdi. Unga koʻra, 2021 yilda 39 325 nafar xorijlik fuqaro vaqtincha yashash guvohnomasini olishi mumkin.

Nachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
“Nimanidir oʻzgartirish vaqti keldi”: Rossiyada migrantlarning ishga joylashishi osonlashadi

Oʻtgan yil bilan taqqoslaganda bu koʻrsatgich deyarli yarim baravarga qisqargan. 2020 yilda 60 270 kishiga kvota ajratilgan edi. Ikki yil ilgari esa ularni soni 90,3 mingdan ziyod kishini tashkil qilardi.

Moskva viloyati (2,5 ming), Moskva (2 ming) va Sankt-Peterburg (1,2 ming) eng koʻp kvotaga egalik qilgan.

Rossiya IIV maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda mehnat migrantlari soni deyarli 25 foizga kamaygan. 2019 yil sentyabrida 2,3 mln kishini tashkil qilgan boʻlsa, joriy yilga kelib ularni soni 1,8 mln kishini tashkil etgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq koronavirus pandemiyasi sabab Moskvada migrantlar yetishmasligi muammosi yuzaga kelgani xabar qilingan edi. Shuningdek, migrantlar kamayishi Peterburgdagi biznesga katta taʼsir koʻrsatgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala