Shtorm ogohlantirish: Qamchiqda shamol tezligi sekundiga 22 metrgacha kuchayadi

© MChSNa perevale Kamchik silniy snegopad - MChS preduprejdayet voditeley
Na perevale Kamchik silniy snegopad - MChS preduprejdayet voditeley - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan hafta O‘zgidromet xizmati 12 noyabr kuni ob-havo sharoiti yana o‘zgarishi, Volga bo‘yidan sovuq antisiklon yana respublikaga kirib kelishi haqida xabar bergan edi.

TOShKENT, 11 noya - Sputnik. Qamchiq dovonida shtorm yuz berishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet xizmati.

"12-13 noyabrda A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi,tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50-100 m gacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 18-22 m gacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, yaxvonlik hosil bo‘lishi kutilmoqda", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta O‘zgidromet 12 noyabr kuni ob-havo sharoiti yana o‘zgarishi, Volga bo‘yidan sovuq antisiklon yana respublikaga kirib kelishi haqida xabar bergan edi.

O‘zbekiston hududining ba’zi joylarida yomg‘ir, tog‘li hududlarda qor yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Yomg‘ir davomida kunduzi harorat 8-13 darajagacha pasayadi, bu o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 4-5 darajaga pastdir.

13 noyabr kuni yomg‘ir faqat Farg‘ona vodiysi hududlarida kuzatiladi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0