"Sputnik V" vaktsinasi samaradorligi 92%ni tashkil qildi

© RFPI i Tsentr imeni Gamalei / Fotobankka oʻtishPervaya v mire vaktsina ot koronavirusa
Pervaya v mire vaktsina ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Samaradorlik koʻngillilarning birinchi emlangan kunidan 21 kun oʻtgach, birinchi oraliq maʼlumotlarni tahlil qilish asosida tasdiqlangan.

TOSHKENT, 11 noya - Sputnik. Rossiya Federatsiyasida oʻtkazilgan tadqiqotlarning uchinchi bosqichi maʼlumotlarini birinchi oraliq tahlili paytida koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaktsinasining samaradorligi 92 %ni tashkil etdi, deyiladi "Sputnik V" vaktsinasining tvitterdagi akkauntida.

Brifing, posvyaщennыy pervoy v mire zaregistrirovannoy vaktsine ot COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sputnik V vaktsinasi 85 % odamlarda yengil qabul qilinmoqda - Gintsburg

""Sputnik V" vaktsinasining samaradorligi 92% ni tashkil etdi (hisoblash platsebo guruhidagi 20ta tasdiqlangan holatlarni taqsimlash va vaktsinani olgan guruh maʼlumotlari asosida oʻtkazilgan)", deyiladi xabarda.

Samaradorlik koʻngillilarning birinchi emlangan kunidan 21 kun oʻtgach, birinchi oraliq maʼlumotlarni tahlil qilish asosida tasdiqlangan.

Avgust oyida Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi Gamaleya markazi tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya fondi bilan birgalikda ishlab chiqarilgan COVID-19ning oldini olish uchun dunyodagi birinchi vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazdi. Unga "Sputnik V" nomi berilgan. Preparat uch hafta oraligʻida ikkita komponentni kiritishni oʻz ichiga oladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala