Tog‘li Qorabog‘dagi urush Ozarbayjonning g‘alabasi bilan yakunlandi – Aliyev

© Sputnik / Ilham MustafaFlag Azerbaydjana
Flag Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilhom Aliyev Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘dagi urushda g‘alaba qozonganligini e’lon qildi. U Boku Qorabog‘da yetkazilgan zarar hisoblanishini va Yerevandan kompensatsiya talab qilishini aytdi.

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Tog‘li Qorabog‘dagi urush Ozarbayjonning g‘alabasi bilan yakunlandi, dedi respublika prezidenti Ilhom Aliyev harbiylar bilan uchrashuvda. RIA Novosti xabariga asosan.

Tog‘li Qorabog bo‘yicha kelishuv: Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya rahbarlari nimani kelishib oldilar - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘: Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya nimaga kelishib oldi

"Vatan urushi yakunlandi. Ozarbayjon bu urushda yorqin g‘alabani qo‘lga kiritdi, bizning yerlarimiz ishg‘oldan ozod qilindi, biz bosqinchilarni o‘z yerlarimizdan quvib chiqardik", dedi u.

Shuningdek, Aliyev Boku Qorabog‘da yetkazilgan zarar hisoblanishini va Yerevandan kompensatsiya talab qilishini aytdi.

Sentabr oyi oxirida Tog‘li Qorabog‘da vaziyat keskinlashdi: Armaniston va Ozarbayjon bir-birini 1980-yillar oxirida boshlangan mojaroni avj oldirishda aybladilar. Tomonlar to‘liq yoki qisman safarbarlik e’lon qilishdi, janglar boshlandi.

Bir yarim oy ichida tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish uchun uchta muvaffaqiyatsiz urinishni amalga oshirdilar. 10-noyabrga o‘tar kechasi Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston to‘rtinchi hujjatni imzoladilar. Unga ko‘ra, Ozarbayjon va Armaniston harbiylari jangovar harakatlarni to‘xtatadi, egallab olingan pozitsiyalarda to‘xtaydi va asirlar bilan o‘zaro almashiladi. Armaniston Bokuga Kelbajar, Lochin va Agdam tumanlarini qaytarishi kerak.

Otpravka mirotvorsev v Nagorniy Karabax - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘ uchun tinchlik – kim nimaga erishdi

Bundan tashqari, Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ mojarosi zonasida joylashtiriladi. Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy harbiy okrugning tinchlikparvar 15-alohida motoro‘qotar brigadasi bo‘linmasidan iborat kontingent - 1960 nafar harbiy xizmatchi, 90 ta zirhli transportorlar, 380 ta avtomobil va maxsus texnika.

Bokuda bu kelishuv Yerevanning taslim bo‘lishi deb nomlandi. Ilhom Aliyev hujjat Ozarbayjon uchun eng foydali ekanligini ta’kidladi: endi, unga ko‘ra, harbiy bosqich yakunlandi va siyosiy masalalarga o‘tish mumkin.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, o‘z navbatida, tinchlik to‘g‘risidagi qaror unga juda og‘riqli bo‘lgani, ammo bu Qorabog‘ni yo‘qotib qo‘yishdan saqlab qolganini aytdi. Yerevanda namoyishlar boshlandi, namoyishchilar bir nechta hukumat binolarini ag‘darto‘ntar qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0