Afg‘onistonda “O‘zbekiston islom harakati”* yetakchisi o‘ldirildi

© AP Photo / STRVoyennoslujashie afganskix sil bezopasnosti
Voyennoslujashie afganskix sil bezopasnosti  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari “O‘zbekiston islom harakati”* xalqaro terrorchilik tashkiloti yetakchisi Aziz Yo‘ldoshni yo‘q qildi.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari “O‘zbekiston islom harakati”* xalqaro terrorchilik tashkiloti yetakchisi Aziz Yo‘ldoshni yo‘q qildi. Bu haqda Afg‘oniston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlarining (ANSF) xatti-harakatlari natijasida Farob provinsiyasi Gormach tumanida Aziz Yo‘ldosh, “O‘zbekiston islom harakati”* yetakchisi, o‘ldirildi, uning o‘g‘li Hikmat yaralandi. Aziz Yo‘ldosh shimoliy provinsiyalarda afg‘onlarning ommaviy o‘ldirilishiga va terrorchilik hujumlarga aloqador”, - deyilgan xabarda.

Joriy yil iyul oyida Rossiya FXX tomonidan Moskva, Novosibirsk va Krasnoyarskda taqiqlangan "O‘zbekiston islom harakati" terroristik uyushmasining 22 nafar a’zosi qo‘lga olingan edi. Yacheyka a’zolari teraktlarga da’vat qilib, yollash va jangovar zonalarga o‘tkazish, Suriyadagi terrorchilarni moliyalashtirish ishlarini amalga oshirgan.

* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0