Jamiyat

Aholini roʻyxatga olish 2023 yilga qoldirildi

Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish muddati 2022 yildan 2023 yilga koʻchirilgani sababini izohladi.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish muddati 2022 yildan 2023 yilga koʻchirildi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Skolko je nas: rojdayemost, smertnost i chislennost naseleniya Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston aholisini roʻyxatdan oʻtkazish masalalari muhokama qilindi

Taʼkidlanishicha, respublikada mustaqillik yillarida aholini roʻyxatga olish tadbiri ilk bor oʻtkazilayotganligi inobatga olinib, tadbirga puxta tayyorgarlik koʻrish va uni sifatli oʻtkazish maqsadida shunday qarorga kelingan.

“Aholini roʻyxatga olish tadbiri keng koʻlamli, koʻp vaqt va katta mablagʻ talab etadigan tadbir boʻlib, uni oʻtkazish uchun 2-3 yil davomida tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etiladi”, — deyilagan xabarda.

Shuningdek, bugungi kunda koʻpgina davlatlar koronavirus pandemiyasi tufayli aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish muddatlarini keyingi yillarga koʻchirish choralarini koʻrayotgani taʼkidlangan. Misol tariqasida bu tadbirlarni 2021 yilga koʻchirgan Rossiya, Qozogʻiston va Armaniston keltirilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 16 martda “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolangan edi. Qonun bilan aholini roʻyxatga olishning asosiy printsiplari belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala