“Xorazm shakar” zavodi ish faoliyatini qayta tikladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMeshki s saxarnim peskom
Meshki s saxarnim peskom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zavod Braziliyadan xarid qilingan sifatli xom ashyodan tayyor shakar ishlab chiqarishni to‘liq quvvat bilan boshladi.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Avvalroq faoliyati to‘xtatilgan “Xorazm shakar” zavodi 8-noyabr kuni o‘z ish faoliyatini tiklab, ishlab chiqarishni boshladi.

Meshok s saxarnim peskom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek shakarining achchig‘i: Angren shakar zavodi nega inqiroz yoqasiga kelib qoldi?

O‘zA xabariga ko‘ra, “Angren shakar” va “Xorazm shakar” MChJlar ishlab chiqarishni to‘xtatgani va xodimlar ommaviy ishsiz qolayotgani haqidagi xabardan so‘ng hukumat muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rishni boshlagan.

“Natijada esa “Xorazm shakar” MChJ 8-noyabr kuni Braziliyadan xarid qilingan sifatli xom-ashyodan tayyor shakar ishlab chiqarishni to‘liq quvvat bilan boshlab yubordi”, - deyilgan xabarda.

Xolod: O‘zbekiston uchun shakar - bu ikkinchi guruch, ishlab chiqarishni optimallashtirish muhim

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Angren shakar” va “Xorazm shakar” zavodlari yil oxiriga qadar deyarli barcha ishchilarni ishdan bo‘shatishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0