Navalniy ishi: Rossiya Yevropa Ittifoqiga qarshi sanksiya qo‘lladi

© AFP 2023 / DIMITAR DILKOFFAleksey Navalniy
Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Aleksey Navalniy bilan yuz bergan voqea sababli Yevropa Ittifoqiga qarshi javob sanksiyalarini qo‘lladi.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik.  Rossiya Aleksey Navalniy bilan yuz bergan voqea sababli Yevropa Ittifoqiga qarshi javob sanksiyalarini qo‘lladi, deb ta’kidladi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Unga ko‘ra, chora-tadbirlar Germaniya va Fransiya prezidenti administratsiyasi xodimlariga ta’sir qiladi.

"Evropa Ittifoqining Navalniy bilan bog‘liq sanksiyalari Rossiya prezidenti administratsiyasining yuqori lavozimli shaxslariga bevosita ta’sir qilganligi sababli sanksiyalarimiz javob choralari sifatida bo‘ladi. Ular qabul qilingan, tez orada bu haqda nemis va fransuz hamkasblarimizga xabar beramiz", - dedi vazir onlayn matbuot anjumanida.

Lavrov, shuningdek, Berlinning Navalniy bilan bo‘lgan vaziyatdagi xatti-harakatlari xalqaro majburiyatlarga zid ekanligini ta’kidladi.

Navalniy bilan yuz bergan hodisa

Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi Aleksey Navalniy 20-avgust kuni samolyotda o‘zini yomon xis qilgandan keyin Omskdagi kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlar modda almashinuvi buzilishi, qonda shakar darajasining keskin pasayishiga olib keldi. Bunga nima sabab bo‘lganligi hali aniq emas, ammo Navalniyning qoni va siydigida zahar izlari topilmadi.

Direktor Slujbi vneshney razvedki RF Sergey Narishkin - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus, Belarus, Qorabog‘ va Navalniy: RF tashqi razvedka rahbari bilan intervyu

Keyinchalik Navalniy davolanish uchun Germaniyaga olib ketiladi. Sentabr oyi boshida Germaniya hukumati rossiyalik "Novichok" jangovar moddasi bilan zaharlanganligini e’lon qildi. Moskva Berlin laboratoriyasidan olingan tahlillar natijalari batafsil ma’lumot olish uchun so‘rovnoma yubordi, ammo javob kelmadi.

Shu bilan birga, Germaniya BND-razvedka xizmati 1990-yildan beri boshlab ushbu moddadan foydalana olgani ma’lum. Ushbu modda, shuningdek, 20ta g‘arb davlatlari, xususan, Buyuk Britaniya, AQSh, Shvetsiya, Chexiya tomonidan o‘rganilgan. Rossiya 1992-yildagi prezident farmoniga binoan kimoviy qurol sohasida ishlanmalarni to‘xtatgan, 2017-yilda esa bu singari moddalarning barcha zaxirasini yo‘q qilgan, bu holat OZXO tomonidan tasdiqlangan.

Oktabr oyi boshida OZXO Navalniy organizmida topilgan moddalar taqiqlangan dorilar ro‘yxatida yo‘qligini e’lon qildi. Biroq, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi cheklovlarni joriy qildi.

Ayni vaqtda Navalniyning ahvoli yaxshilanmoqda, u reabilitatsiyadan o‘tmoqda.

Yangiliklar lentasi
0