Hodisalar

Surxondaryo viloyatida prokuror va haydovchi YTH qurboni boʻldi

CC0 / pixabay / Jeleznodorojnыy pereyezd
Jeleznodorojnыy pereyezd - Sputnik Oʻzbekiston
Surxondaryo viloyati prokuraturasi boʻlim katta prokurori B.Ergashev teplovoz ishtirokidagi yoʻl-transport hodisasi qurboni boʻldi.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Surxondaryo viloyati prokuraturasi boʻlim katta prokurori B.Ergashev teplovoz ishtirokidagi yoʻl-transport hodisasi qurboni boʻldi, viloyat prokurori oʻrinbosari X.Kulliyev tan jarohati oldi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

V Zarafshane stolknulis 2 avtobusa - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Zarafshonda ikkita yoʻlovchi avtobus ishtirokida YTH roʻy berdi

2020 yil 7 noyabr soat 21:30larda Surxondaryo viloyati prokuraturasi haydovchisi Oʻ.Kattayev xizmat avtomashinasida Termiz tumanidan Termiz shahri tomonga harakatlanib kelayotgan boʻlgan.

Avtomobil Termiz tumani hududidagi Termiz–Uchqizil temir yoʻl bekatlari oraligʻining 57-kilometrining 9-piketida joylashgan qoʻriqlanmaydigan temir yoʻl kesishmasidan oʻtayotganda, ehtiyotsizlik oqibatida harakatlanib kelayotgan rezerv teplovoz bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

Baxtsiz hodisa oqibatida Oʻ.Kattayev va old oʻrindiqdagi viloyat prokuraturasi boʻlim katta prokurori B.Ergashev hodisa joyida vafot etgan. Shuningdek, orqa oʻrindiqda boʻlgan viloyat prokurori oʻrinbosari X.Kulliyev tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan 8 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala