Surxondaryo viloyatida prokuror va haydovchi YTH qurboni bo‘ldi

© pixabayJeleznodorojniy pereyezd
Jeleznodorojniy pereyezd - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori B.Ergashev teplovoz ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori B.Ergashev teplovoz ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi, viloyat prokurori o‘rinbosari X.Kulliyev tan jarohati oldi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

V Zarafshane stolknulis 2 avtobusa - Sputnik O‘zbekiston
Zarafshonda ikkita yo‘lovchi avtobus ishtirokida YTH ro‘y berdi

2020 yil 7-noyabr soat 21:30larda Surxondaryo viloyati prokuraturasi haydovchisi O‘.Kattayev xizmat avtomashinasida Termiz tumanidan Termiz shahri tomonga harakatlanib kelayotgan bo‘lgan.

Avtomobil Termiz tumani hududidagi Termiz–Uchqizil temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 57-kilometrining 9-piketida joylashgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotganda, ehtiyotsizlik oqibatida harakatlanib kelayotgan rezerv teplovoz bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Baxtsiz hodisa oqibatida O‘.Kattayev va old o‘rindiqdagi viloyat prokuraturasi bo‘lim katta prokurori B.Ergashev hodisa joyida vafot etgan. Shuningdek, orqa o‘rindiqda bo‘lgan viloyat prokurori o‘rinbosari X.Kulliyev tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan 8-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0