“Terminator” va “Timsoh”: Rossiya Qorabog‘da vertolotlardan foydalanadi

© Sputnik / Aleksandr KondratukAntiterroristicheskie ucheniya voorujennix sil stran-chlenov ShOS "Mirnaya missiya-2018"
Antiterroristicheskie ucheniya voorujennix sil stran-chlenov ShOS Mirnaya missiya-2018 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya HKKning Mi-8 va Mi-24 vertolotlari Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlikparvarlik operatsiyasida foydalaniladi.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Rossiya Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlikparvarlik operatsiyasida Mi-8 va Mi-24 vertolotlaridan foydalanadi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

Yerevandagi aerodromga 8ta vertolot yetib keldi.

Xabarda aytilishicha, "vertolotlardan o‘q otish va jangovar harakatlarni to‘xtatish haqida kelishuvga rioya etilishini havodan monitoring qilishda foydalaniladi".

Bundan tashqari, tinchlikparvar kontingentning shaxsiy tarkibini va mol-mulkini qiyin joylarga yetkazib berishda foydalaniladi.

Avvalroq bir kun ichida Tog‘li Qorabog‘ga 414 nafar Rossiya tinchlikparvar kuchlari va bir necha o‘nlab avtomobillar va boshqa transport vositalari, shuningdek /ta vertolot va pilotsiz uchar qurilmalar olib borilgani haqida xabar berilgan.

Umuman olganda, harbiy guruh tarkibi 1960 nafar harbiy, 90 zirhli avtomashina, 380 dona avtomashina va boshqa texnikadan iborat bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0