Jamiyat

Toshkentda yangi tuman hokimligi tashkil etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSergeliyskiy rayon v Tashkente
Sergeliyskiy rayon v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Prezident qarori bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi.

Vid na telebashnyu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent shahri tarkibida yangi tuman paydo boʻldi

Yangihayot tumaniga oʻtkazilgan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning pochta manzili ulardan ariza yoki maʼlumot talab qilmagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri elektron tizim orqali bepul oʻzgartiriladi.

Yangihayot tumani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2020 yil sentyabrdagi tegishli qarorlari asosida tashkil etilgan.

Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Sergeli tumanida barpo etilgan yangi turar joy mavzesi hududida poytaxt hokimligiga toʻgʻridan-toʻgʻri boʻysunadigan alohida Yangihayot kichik tumanini tashkil etish taklifini bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala