Oʻzbekistonda oilaviy shifokorlar paydo boʻladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzobrajeniye vracha s rebenkom v Sergeliyskom rayone Tashkente
Izobrajeniye vracha s rebenkom v Sergeliyskom rayone Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Mahallada aholining salomatligi, hududdagi kasalliklarning oʻsishi, aholining shifoxonalarga yotishi va murojaat qilishi kabilar oilaviy shifokorning faoliyati natijadorligini baholash koʻrsatkichlari etib belgilanadi.

TOSHKENT, 12 noya - Sputnik. Prezident farmoniga koʻra, umumiy amaliyot shifokori mutaxassisi oilaviy shifokor etib qayta nomlanadi, shuningdek, tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridagi fan dasturlari ham ayni oilaviy shifokor tayyorlashga moslashtiriladi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar bermoqda.

Zadumchivaya jenщina - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shifokor qabuliga onlayn yozilish imkoniyati paydo boʻldi

Oilaviy shifokorining masʼuliyati orttirilib, tuman va shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari hamda viloyat shifoxonalariga bepul tibbiy yordam koʻrsatilishi uchun yoʻllanmalar oilaviy shifokorlar tomonidan beriladigan boʻladi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida dori vositalari va tibbiy buyumlarga imtiyozli retseptlar yozib berish ham oilaviy shifokor tomonidan amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

2021 yil 1 yanvardan boshlab:

Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Qoraqalpogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri oʻzgardi

- qishloq vrachlik punkti oilaviy shifokor punkti deb, qishloq va shahar oilaviy poliklinikasi esa oilaviy poliklinika deb qayta nomlanib, aholi soni va mahalliy zaruriyatdan kelib chiqib, navbatchilik tizimi joriy etiladi.

Tuman va shahar tibbiyot birlashmasi boshliqlariga ajratilayotgan mablagʻlar doirasida, zaruriyatga qarab, tor soha shifokorlari shtatlarini mustaqil belgilash vakolati beriladi.

Mahallada aholining salomatligi, hududdagi kasalliklarning oʻsishi, aholining shifoxonalarga yotishi va murojaat qilishi kabilar oilaviy shifokorning faoliyati natijadorligini baholash koʻrsatkichlari etib belgilanadi.

Shuningdek, oilaviy shifokor va boshqa tibbiyot xodimlari reytingiga koʻra, har chorakda bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish amaliyoti joriy etiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala