Video

RF nazorati ostida: rossiyalik tinchlikparvar kuchlar Qorabogʻ poytaxtiga kirishdi — video

Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari Igor Konashenkovning aytishicha, Rossiya tinchlikparvar kuchlari tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ respublikasi poytaxti - Stepanakertga kirib kelishgan.

15-alohida motooʻqchi brigadasining tinchlikni saqlash bataloni mintaqada oʻt ochishni toʻxtatish bitimiga rioya qilinishini nazorat qiladi.

Antiterroristicheskiye ucheniya voorujennыx sil stran-chlenov SHOS Mirnaya missiya-2018 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Terminator” va “Timsoh”: Rossiya Qorabogʻda vertolyotlardan foydalanadi

Eslatib oʻtamiz, 9 noyabr kuni Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon Togʻli Qorabogʻda oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida qoʻshma bayonotni imzoladilar.

Yangi tartib 10 noyabr kuni moskva vaqti bilan 00.00da amal qilishni boshladi.

Kelishuvlarga muvofiq, hududlarning bir qismi (Kelbadjar, Agdam, Gazaxning bir qismi va Lochin tumanlari) Ozarbayjon nazoratiga oʻtmoqda.

Shuningdek, Boku va Yerevan oʻzaro harbiy asir almashinuvi jarayonini boshlashga ham rozi boʻlishdi.

Tutashuv chiziqlarida shartlarga amal qilinishi ustidan nazorat olib borish uchun rossiyalik tinchlikparvarlar joylashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala