Dunyoda

Hamma "shok"da: Yelizaveta II taxtni boʻshatishdan bosh tortdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishKoroleva Velikobritanii Yelizaveta II
Koroleva Velikobritanii Yelizaveta II - Sputnik Oʻzbekiston
Buyuk Britaniyada hukmronlik qilayotgan qirolicha oʻz merosxoʻrlarini koʻnglini choʻktirdi: yoshi bir joyga borib qolganiga qaramay, monarx oʻz pozitsiyalarini topshirishdan bosh tortdi.

TOSHKENT, 13 noya - Sputnik. Yelizaveta II qirol oilasi muxlislarini shokka soldi: britaniya qirolichasi yaqin orada taxtni boʻshatishdan bosh tortdi.

Qirolicha Yelizaveta II - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yelizaveta II ning turmush oʻrtogʻi qirollik majburiyatlaridan voz kechadi

Qirollik muxlislari Yelizaveta II oʻz turmush oʻrtogʻi shahzoda Filippdan oʻrnak olib, ishlardan 95 yoshida chekinishiga shubha qilmay, bu holatga hatto koʻnikkan edilar ham.

Britaniyaliklar pandemiya tufayli bu hatto ertaroq roʻy berishini taxmin qilishgan edi, negaki, 94 yoshli qirolicha omma qarshisida kamnamo boʻlib qolgan edi. Ammo Oliy Hazratlari rejalari xalq va merosxoʻr-oʻgʻil orzulari bir-biriga mos tushmadi.

Shahzoda Charlz sabrli boʻlib, oʻz navbati kelishiga toʻgʻri keladi: saroyda Yelizaveta II taxtni tark etish niyatida emasligini maʼlum qilishdi.

Koroleva Velikobritanii Yelizaveta II - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II Muhammad paygʻambarning avlodi - OAV

Qirol amaldorlaridan biri monarx oʻz vakolatlarini topshirishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Uning aytishicha, qirolicha isteʼfo haqida oʻylagani ham yoʻq.

"Oliy Hazratlari hukmronlik qilishda davom etadi. U xalqiga butun umr xizmat qilish niyatida", - deb taʼkidladi xabardor manba.

Ayni vaqtda monarxning butun oʻylari COVID-19ga qarshi vaktsinada. Virus bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashishi bilan, Yelizaveta II toʻliq oʻz vakolatlariga qaytadi.

Bularning barchasi ilk islohotlarni rejalashtirayotgan va modalar olamini zabt etayotgan - yaqinda birinchi liboslar kollektsiyasini chiqargan shahzoda Charlzni quvontirmayotgani aniq.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala