O‘zbekistonga dam olish kunlari Uraldan sovuq havo kiradi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishMorozi v Novosibirske
Morozi v Novosibirske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dam olish kunlarida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 1-3 daraja sovuq, shimoliy hududlarda esa 4-9 daraja sovuq bo‘ladi

TOShKENT, 13 noya - Sputnik. Dam olish kunlari - 14-15 noyabrda O‘zbekiston hududiga Ural rayonlaridan sovuq havo kirishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Avtomobili vo vremya snegopada - Sputnik O‘zbekiston
Bu yil qish sovuq kelishi kutilmoqda: mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha qaror qabul qilindi

"14-15 noyabr kunlari respublika hududiga Ural rayonlaridan sovuq havo kirishi kutilmoqda. 14 noyabrda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida, 15 noyabrda Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida qisqa muddatli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), qolgan hududlarda esa yomg‘ir kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin", - deyiladi xabarda.

Dam olish kunlarida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 1-3 daraja sovuq, shimoliy hududlarda esa 4-9 daraja sovuq bo‘ladi, kunduzi esa 6-11 daraja iliq bo‘ladi, bu o‘rtacha meyorlardan 5-7 darajaga pastdir.

Kuni kecha, 12-noyabr kuni O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan sovuq va nam antisiklon kirib kelishi natijasida hududlarning katta qismida yomg‘ir, tog‘li hududlarda esa yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ga sabab bo‘ldi.

Respublika bo‘ylab joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ldi. Faqat O‘zbekistonning shimoli — g‘arbiy tumanlarida ob-havo yog‘ingarchiliklarsiz bo‘ldi.

Bugun yomg‘ir faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechqurunga kelib Surxondaryo viloyatlarida saqlanib qoladi. Qolgan hududlarda esa yog‘ingarchiliklar kuzatilishi ehtimoldan yiroq. Havo harorati 6-11 daraja atrofida, o‘rtacha meyorlardan 5-7 darajaga pastdir.

Yangiliklar lentasi
0