"Yaxshiyam gullar chizishga ulgurishmabdi": Qarshida bo‘yalgan gazonlarni yomg‘ir yuvib ketdi

© Foto : pixabay/CounsellingGazonokosilka
Gazonokosilka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarshi shahrida gazonlarning yashil rangga bo‘yalgani jamoatchilik tomonidan kulgiga olinmoqda. Gazonlar nima maqsadda bo‘yalgani haqida rasmiy izoh berilgani yo‘q

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Qarshi shahrida gazonlar yashil rangga bo‘yab qo‘yilgan.

Ushbu holat esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ayrimlar hatto kulgili memlarni yaratishga ulgurishdi.

© Foto iz sosseteyV Kashkadarinskoy oblasti gazoni pokrasili v zeleniy svet
Yaxshiyam gullar chizishga ulgurishmabdi: Qarshida bo‘yalgan gazonlarni yomg‘ir yuvib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
V Kashkadarinskoy oblasti gazoni pokrasili v zeleniy svet

"Qarshida gazonlarni chiroyli qilib bo‘yab qo‘ygandik. Kechasi yomg‘ir yog‘ib, shuncha mehnatni yuvib ketdi...", - deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

"Yaxshiyam gullarni chizishga ulgurmagan ekanmiz-yey..." – deya hazil javob qiladi unga boshqa foydalanuvchi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan biri esa ushbu post ostida "gazonlarning bo‘yalishi ham foyda bermaganligi, Qarshi shahri rahbarlari baribir tanqid qilingani" haqida fikr qoldirgan.

Shahar ko‘rinishi bo‘yicha ijobiy taassurot qoldirish maqsadida ehtimol, ko‘rilgan taraddud, internet foydalanuvchilarida ana shunday yumor bilan qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0