Migratsiya

Janubiy Koreyaga pandemiya sharoiti yaxshilanishi bilan aviareyslar tiklanadi - TMMA

© AP Photo / Ahn Young-joonSotrudniki rabotayut nad predotvraщeniyem poyavleniya novogo koronavirusa na stantsii Suseo v Seule, Yujnaya Koreya
Sotrudniki rabotayut nad predotvraщeniyem poyavleniya novogo koronavirusa na stantsii Suseo v Seule, Yujnaya Koreya - Sputnik Oʻzbekiston
Muzokaralar natijasiga koʻra, ikki davlatda ham pandemiya sharoiti yaxshilanishi bilan aviareyslar tiklanishi, shundan soʻng taʼtilga va ish joyini almashtirib kelgan fuqarolarimiz oʻz ish joylariga toʻgʻridan-toʻgʻri kirib borishi maʼlum qilindi.

TOSHKENT, 14 noya - Sputnik. Oʻzbekiston – Janubiy Koreya: ikki davlatda ham pandemiya sharoiti yaxshilanishi bilan aviareyslar tiklanadi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Mehnat migrantlari kosmodromda ishlash uchun Rossiyaga joʻnab ketdi

Agentlik boshligʻi M.Mamatxonov, Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi konsulining birinchi kotibi Xo In Cu va Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining Oʻzbekistondagi "EPS" markazi direktori Song Sang Jing oʻrtasida uchrashuv tashkil etilgan.

Uchrashuvda joriy yil yanvar oyidan boshlab Koreya Respublikasidagi korxonasidan mehnat taʼtili olib, Oʻzbekistonga kelgan fuqarolarimizni ushbu davlatdagi ish joyiga qayib borishini taʼminlashga doir masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar natijasiga koʻra, ikki davlatda ham pandemiya sharoiti yaxshilanishi bilan aviareyslar tiklanishi, shundan soʻng taʼtilga va ish joyini almashtirib kelgan fuqarolarimiz oʻz ish joylariga toʻgʻridan-toʻgʻri kirib borishi maʼlum qilindi.

Hozirgi kunga qadar ishchi vizasiga ega fuqarolar tranzit aviareyslar orqali mustaqil ravishda Koreya Respublikasiga joʻnab ketish uchun urinish holatlari aniqlanmoqda. Natijada oʻzlariga iqtisodiy zarar yetkazmoqda.

Uchrashuvda ushbu harakatlar sababli ularning oʻzi ham, boshqa fuqarolar ham Koreya Respublikasiga kirib borishini yanada kechiktirishi hamda salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida eslatib oʻtildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala