TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. SpaceX kompaniya rahbari Ilon Mask koronavirusga test natijasi musbat chiqdi, u COVID-19ning “ehtimol oʻrtacha holati”ga chalingan, deb uylamoqda.
"Men turli laboratoriyalardan butunlay boshqacha natijalarni olmoqdaman, ammo menda COVIDning yengil holati. Mening alomatlarim - yengil shamollash alomatlari, bu ajablanarli emas, chunki koronavirus - bu shamollashning bir turi", - deb javob berdi Ilon Mask oʻz Twitterda foydalanuvchilardan biriga.
Juma kuni Mask bir kunda koronavirusga 4ta test topshirgani, ulardan 2tasi manfiy, 2tasi musbat natija chiqqanligini aytdi. U Becton, Dickinson and Co kompaniyalari testidan foydalangan.
Keyinchalik u PTSR-test sinovlarini boshqa laboratoriyada oʻtkazishga qaror qilganini, natijalar taxminan 24 soat ichida tayyor boʻlishini qoʻshimcha qildi. Undan koronavirusning biron bir alomati bormi, degan savolga Mask oddiy shamollash alomatlari borligini aytdi.