Mehnat migratsiyasi: O‘zbekistonni Yaponiya va Janubiy Koreya kelajagi kutaptimi?

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston arzon ishchi kuchi yetkazib beradigan davlat sifatida qolib ketadimi? Bu, albatta, migrantlarni maqsadi va harakatiga bog‘liq. Yangi O‘zbekistonning yangi migratsiya siyosati haqida Sputnik muxbiri Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili Azim Axmatov bilan suhbatlashdi.

O‘zbekistonda 2016-yildan migratsiya sohasiga bo‘lgan e’tibor va yondashuv kuchaytirildi. Afsuski, hozirgi davrda migratsiya global tendensiyalar ta’siriga yanada ta’sirchan bo‘lib bormoqda. O‘zbekiston rahbarining yangi qabul qilingan qarorida va siyosatida esa yangi ichki va tashqi omillar e’tiborga olingan. Bugungi zamonaviy davrda barcha davlatlarda kabi O‘zbekistonda ham tartibli mehnat migratsiyasiga asosiy e’tibor qaratilmoqda, deydi Azim Axmatov.

Migratsiya va dunyo – xalqaro tajriba

Yaqin tarixda Shimoliy Yevropa (Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya), Skandinaviya yarim orollari (Daniya, Norvegiya, Shvetsiya), AQSh, Jabuniy Koreya kabi davlatlarida sanoat va servis sohasi keskin rivojlanib borishi natijasida tashqaridan ishchi kuchiga talab oshgan va ushbu davlatlar migratsiyani qabul qiluvchi davlatlar sifatida yetakchi hisoblanadi.

Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari kosmodromda ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi

Masalan, asosiy ishchi kuchini yuboruvchi eksportor davlatlar sifatida Germaniyada Turkiya va Polsha, Buyuk Britaniyada Pokiston va Hindiston, Fransiyada Aljir va Marokash, AQShda esa Xitoy va Fillipin ishtirok etadi.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yilda dunyodagi migrantlar soni 272 mln.ga yetdi. Ularning eng ko‘p qismi Yevropa davlatlari (82 mln), Shimoliy Amerika (59 mln), Shimoliy Afrika va G‘arbiy Osiyo (49 mln) davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yevropa davlatlarida bugungi kunda BMT ma’lumotiga ko‘ra 2 mln., Shimoliy Amerikada 59 mln., Shimoliy Afrika va G‘arbiy Osiyo davlatlarida 49 mln. mehnat migrantlari mavjud.

Yarmarka vakansiy - Sputnik O‘zbekiston
“Chegarasiz ish” - YeOIIda mehnat migrantlari uchun onlayn platforma ishga tushadi - vazir

Migrantlar tomonidan pul o‘tkazmalari 2019-yil 554 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.

Tashqi mehnat migratsisi hisobidan har yili o‘rtacha Hindistonga 55 mlrd., Xitoyga 51 mlrd., Meksikaga 23 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi o‘tkazmalar amalga oshirilib, bu ulardagi tashqi daromadning 7-10 foizini tashkil qilgan.

1950 yillarda Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlarida ommaviy migratsiya jarayonlari kuzatilgan, ya’ni tashqi mehnat migratsiyasiga intilish jarayonlari kuzatilgan va ushbu migrantlar tomonidan o‘tkazilgan mablag‘lar hamda yangi texnologiyalarni o‘zlashtirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti tez suratlarda rivojlangan.

Hozirgi davrda tartibli mehnat migratsiyasini nisbatan yuqori darajada tashkil etgan davlat sifatida Fillipin hisoblanadi. Tashqi mehnat migratsiyasi jarayoni ushbu davlat iqtisodiyotining moliyaviy donori sifatida baholanadi. Mazkur davlatda bir yilda o‘rtacha 1,6 mln. fuqaro tashkillashtirilgan tartibda mehnat migratsiyasiga yuboriladi. Jami 10 mln.ga yaqin Fillipin fuqarolari mehnat migranti hisoblanadi. Pul jo‘natmalari davlat daromadining o‘rtacha 11 foizini yoki yiliga o‘rtacha 21,3 mlrd dollarni tashqil etadi.

O‘zbekistondagi vaziyat

O‘zbekistonda 2016-yildan ushbu sohaga e’tibor kuchaydi. O‘tgan davrda sohani bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi 12 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda yongan avtobus ichidan 44 nafar qurbon tanasi chiqarib olindi

Vazirlar Mahkamasining 2016-yildagi qaroriga muvofiq mehnat migratsiyasida ishtirok etadigan fuqarolarga, ularga o‘z vaqtida ijtimoiy soliqni to‘lab borgan taqdirda, ish staj hisoblanadigan bo‘ldi.

Fuqarolarning mehnat migratsiyasi jarayonida yo‘nalishsiz transportlardan foydalanishlari oqibatida turli xil tan jarohatlari olishi, halokatlarga uchrash holatlari ko‘p kuzatilardi. Buning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish maqsadida 2018-yilda xorijda ishlash istagi bo‘lgan fuqarolarga yo‘nalishli transportlardan foydalangan holda xorijga borish imkoniyati yaratildi va ularga imtiyozli, amaldagi narxlardan 20 foizlik chegirma bilan chiptalar sotish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Chegirmani kimlar, qanday olishi mumkin?

Ko‘zda tutilgan imtiyozlarni qo‘llash uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va ularning 14 ta hududda agentlikning filiallari yaratilgan. Ular huzurida ixtisoslashtirilgan kassalar tashkil qilingan. Barcha fuqarolar bevosita shu kassaga kelib migratsiya bazasida ro‘yxatdan o‘tsalar bo‘ldi. Talab shu! Biron bir hujjat talab etilmaydi, biron bir ortiqcha tartib joriy qilinmagan.

Faqat ketish manzillari, qaysi davlatga ishga borayotgani, qaysi sohalarda ishlamoqchiligi haqidagi ma’lumot bazaga kiritilgandan keyin, shu asosda fuqarolarga imtiyozlar qo‘llaniladi. Bu imtiyozlardan birinchisi – havo, temiryo‘l, avtobus chiptalariga chegirmalar joriy qilingani bo‘lsa, ikkinchisi, yo‘ldagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash.

Eng minimal to‘lovlar bilan ya’ni ellik ming so‘mga sug‘urta polislarini ta’minlash yo‘lga qo‘yildi. Bu sug‘urta polisining umumiy summasi 10-12 ming AQSh dollari miqdoriga teng. Hozirda bir yilda 200 mingga yaqin fuqaro bu imtiyozlardan foydalanmoqda.

Xususiy tashkilotlarning mehnat miratsiyasiga aralashuvi

2018 yilda xususiy sektorga mehnat migratsiyasi bilan shug‘ullanish vakolati berildi. O‘tgan ikki yildan ortiqroq vaqtda 103 ta shunday xususiy bandlik agentliklari tashkil topgan bo‘lsa, ularning yetmish uchtasi litsenziya oldi. Bugungi kunga kelib ushbu xususiy bandlik agentliklari soni 25 tasi faoliyatini davom ettirmoqda, ularning 39 tasi o‘z arizalariga ko‘ra litsenziyalarni qaytarib berdi, 11 ta xususiy bandlik agentligiga nisbatan firibgarlik holatlari sodir etgani uchun jinoiy ish ochildi va litsenziyalari bekor qilindi.

Sentr zanyatosti - Sputnik O‘zbekiston
Xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga qator o‘zgarishlar kiritildi

Ko‘rinib turibdiki, bu sahada xususiy korxonalarning kriminallashganlik holati ancha yuqori.

Shunga qaramay, xususiy bandlik agentliklari orqali fuqarolarni tashkiliy ishga joylashtirishda ma’lum yutuqlarga erishildi: 3200 dan ortiq fuqarolarimiz 15 dan ortiq davlatlarga ishga joylashtirildi.

O‘qi, o‘qi va yana o‘qi...

2020 yilda mehnat migratsiyasiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishga e’tibor qaratildi. Bunda tashkiliy tartibda fuqarolarimizni xorijga ishga joylatirishda fuqaroning kasbga, hunarga va xorijiy tillarga o‘qitish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda kasbga o‘qitish markazlari 191 taga yetkazildi, yaqin davrlar ichida 200 dan oshishi kutilyapti.

Shuningdek, 136 ta mahallada kasbga o‘qitish maskanlari tashkil etildi. Kasbga o‘qitish maskanlari qamrovi ko‘p emas, bir vaqtning o‘zida yuz-ikki yuz odamga xizmat ko‘rsata olmaydi, kasbga o‘qitish maskanlarida 1,3,6-oylik dasturlar asosida o‘qitiladi.

Migranti na stroitelnom obyekte. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya ayrim migrantlar uchun chegarani ochishga tayyor: kimlarga ruxsat beriladi

Bugungi kunda o‘sha xorijda ko‘proq qaysi kasblarga talab kuchli, shulardan kelib chiqqan holda o‘qishlar tashkil etilgan. Mahallalarda tashkil etilgan maskanlarda to‘rttagacha kasbga o‘qitiladi. Bular – tikuvchilik, kompyuter savodxonligi va sartaroshxona xizmatlari. Shuningdek, oshpazlik yo‘nalishi.

Kasbga o‘qitish markazlarida 22 turdagi kabslar o‘rgatiladi.

Migratsiya va pandemiya

Bugungi pandemiya davrini inobatga olib, mehnat migratsiyasi sohasida ham bir qator ishlar olib borilyapti shulardan biri Rossiya hududiga fuqarolarining kirib borishi uchun Rossiya humati bilan kelishish.

Migranti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda migratsiya darajasi o‘tgan yilgiga nisbatan 6,3 %ga pasaygan

Bugun Rossiya Federatsiyasiga ishga boradigan fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zi kirib borolmaydi, chunki ma’lum cheklovlar mavjud. Rossiya Federatsiyasining yirik qurilish obyektlarida yoki yirik kompaniyalarida minglab O‘zbekiston fuqarolari faoliyat yuritib keladi, ularda yillar davomida to‘plagan tajriba va malaka mavjud. Yirik korxonalar O‘zbekistonga qaytib kelgan tajribali xodimlarini ikki tomondan davlat komissiyasi ruxsatini olib, charter reyslari orqali ish joylariga olib ketishni amalga oshirdi.

Shuningdek, onlayn muloqotlar orqali, fuqaroni qanchalik darajada kasbga ega ekanligi fuqaro bilan ish beruvchi yoki mutaxassislar o‘rtasidagi suhbatlar jarayonida aniqlanib borilmoqda va ish beruvchi fuqarolarni charter reyslar orqali Rossiyaga kirib borishini ta’minlamoqda.

O‘zbekistoning bahosi Rossiyada tan olinadimi?

Hozirda shuningdek, patent uchun talab etiladigan hujjatlarning ma’lum bir qismi O‘zbekistonda tayyorlanadi: ya’ni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ayrim sertifikatlari Rossiya hududida tan olinadi. Rossiyada ishlash uchun patent hujjatini olishda talab etiladigan sertifikat - Rossiya tarixi, rus tili va madaniyati bo‘yicha imtihonlardan o‘tgan fuqarolarga beriladi. Xuddi shu jarayonlarni O‘zbekiston hududida o‘tkazish va unga tayyorlash maqsadida Rossiyaning Xalqlar do‘stligi universiteti bilan hamkorlik shartnomasi tuzildi. Bugun barcha viloyatlarda jami 25 ta o‘quv kurslari mavjud. Fuqarolarda imtihonni O‘zbekiston hududida topshirib, sertifikat olishlari mumkin.

Posadka passajirov v poyezd Moskva-Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Astraxan viloyatida chegara yaqinida to‘planib qolgan migrantlar vataniga qaytadi

Mehnat migranti Rossiyaga borib faqat ikkita hujjatni olishiga to‘g‘ri keladi: tibbiy ko‘rik va patentning o‘zi.

Pandemiya cheklovlari tugagandan keyin O‘zbekiston fuqarolarida oldingi tartibda ishga joylashish imkoniyati paydo bo‘ladi. Hozircha to‘g‘ridan to‘g‘ri kirib borish uchun cheklov mavjud.

Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi ish haqi kamayishiga olib keladimi?

Yo‘q, deydi suhbatdosh. Azim Axmatovning aytishicha, bu ishchining mahorati va malakasiga bog‘liq.

Birinchi oyda hammaga bir xilda maosh beriladi. Barcha davlatlarda ishlab chiqarishda, qurilishda maosh bajarilgan ish hajmiga qarab to‘lanadi. Xuddi shunday, bugungi kunda Agentlik orqali ishga joylashib (kam ishlagan taqdirda) 25 ming rubl va harakatiga qarab 70-80 ming rublgacha oylik olayotgan ishchilar bor.

Tan olish lozim, mehnatga ketganlar orasida umuman oylik ololmayotganlari ham bor. Chunki ish hajmini bajarmagan. O‘sha yerda yashash bilan bog‘liq kunlik xarajatlarini qoplash nuqtayi nazaridan ham qo‘liga hech qanaqa oylik chiqmasligi holatlari bo‘ladi.

Migrantlarning kelib-ketish xarajatlariga kelsak, bu masala ish beruvchilar tomonidan beriladigan takliflarga bog‘liq, ayrim ish beruvchilar barcha transport xarajatlarini o‘zi qoplab, keyinalik ishchining maoshidan ushlab qolishi mumkin.

Eng katta og‘riq – majuriy soliq?!

Keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda migrantlarning soliqqa tortilishi haqidagi mavzu keng muhokama sabab bo‘lmoqda. Migrantlarning majburiy soliqqa tortilishi - yolg‘on gap, deb ta’kidlaydi Axmatov.

Migranti - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari O‘zbekistonda soliq to‘lashi haqidagi xabarga izoh berildi

Belgilangan tartibga ko‘ra, xorijda ishlayotgan fuqarolar O‘zbekiston hududida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar bilan tenglashtirildi va ular to‘laydigan ijtimoiy soliqlarini to‘lash imkoniyati yaratildi. Fuqaro o‘zi istasa, ijtimoiy soliqni to‘laydi. Bu summa 111 500 so‘m qilib belgilangan. Ya’ni bazaviy hisoblashning 50 foizi miqdorida. Shu ijtimoiy soliqni to‘lagan taqdirda, unga kelgusida staj hisoblanadi. Bu to‘lov jarayoni faqatgina ixtiyoriylikka asoslangan, pensiya olishni istasa, to‘laydi. Hech qanaqa boshqa holatlarda fuqardan soliq ushlab qolinmaydi.

Sulton suyagini xo‘rlamas – nochor qolgan, qonunni buzgan va "qora ro‘yxat"dagilar nima bo‘ladi?

Yangi O‘zbekistonning yangicha migratsiya siyosati, bu sohaga bo‘lgan yondashuvning o‘zgarishi, tizimli ishlar amalga oshirilishi natijasida chet ellarda og‘ir vaziyatlarga tushib qolgan yoki xorijiy davlatlarning, ayniqsa Rossiyaning vaqtinchalik markazlarida saqlanayotgan fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish, tibbiy jarohat olgan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish xarajatlarini qoplab berish harakatlari amalga oshirilmoqda.

V Uzbekistan dostavili tela migrantov, pogibshix v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga o‘n oyda 568 nafar fuqaro jasadi olib kelindi

Vafot etganlarni O‘zbekistonga olib kelish amalga oshirilyapti. Bu harakatlar fuqaro uchun bepul. Ushbu xarajatlar Xorijda mehnat faolyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi tomonidan amal oshiriladi.

Shu orqali 2018-yildan buyon xorijda og‘ir va vaziyatlarda qolgan yoki vaqtinchalik saqlash markazlarida saqlanayotgan 4300 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi. Ularning 4141 tasi vaqtinchalik saqlash markazlarida saqlangan, 144 nafari og‘ir vaziyataga tushib qolgan fuqarolar.

2020 yilning 10 oyi davomida xorijda vafot etgan 568 fuqaroning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi. Ulardan 546 tasi Rossiya Federatsiyasidan, qolganlari Turkiya, Qozog‘iston, Yaman, Livan kabi davlatlardan. Keyingi ikki yil davomida 878 nafar vafot etgan fuqaro O‘zbekistonga keltirilgan.

Rossiyadan keyin eng ko‘p mehnat migrantlari ketayotgan davlatlar

Bu Qozog‘iston Respublikasi, Koreya, Turkiya, Yevropa davlatlari. Ilgari, 2018-yilgacha, fuqarolarni tashkiliy ravishda ishga yuborish geografiyasi tor bo‘lib, faqat Koreya Respublikasi, Rossiyaga yuborilgan. Bugun bu davlatlar soni kengaytirilib, 15 tadan ortdi. Bunda xususiy sektorning ham o‘rni bor. Hukumatlararo tuzilgan bitimga yoki idoralararo shartnomalarga asosan Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirligi, Yaponiya, Koreya Respublikasi kabi davlatlarda fuqarolarni ishga joylashtirish imkoniyati mavjud. Yaqinda Saudiya Arabistoniga ham ishga jolashtirish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Polshaga ish beruvchilari bilan ham hamkorlik shartnomalari mavjud.

Migrantlar oilasi, ularga qanday yordam ko‘rsatiladi?

Tizimli ishlarni tashkil qilish natijasida mehnat migrantlarining oila a’zolarini qo‘llab quvvatlash yo‘lga qo‘yildi. Ehtiyoji bo‘lsa, imtiyozli shartlarda uy-joy bilan ta’minlash, moddiy yordamlar ko‘rsatish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

Inostrannie rabochie - Sputnik O‘zbekiston
Qanday mehnat migrantlariga imtiyozli kreditga uy beriladi?

O‘zbekiston fuqarolari xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirib, O‘zbekistonga qaytib kelganidan keyin ularni bandligini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Bu borada bandlikka ko‘maklashish markazi hisobidan o‘z ishini tashkil etish istagini bildirgan fuqaroga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha subsidiya beriladi

Pensiya – mehnatning rohatiyam bo‘ladimi?

O‘zbekistonda ikki xil davlat ijtimoiy kafolati mavjud: birinchisi pensiya, ikkinchisi nafaqa tayinlash.

Nafaqa nima, pensiya nima?

Nafaqa bu fuqaroning ish staji yetmaydigan bo‘lsa, unda pensiya yoshiga yetgan fuqaroga nafaqa tayinlanadi. Nafaqa miqdori bugungi kunda 315 ming so‘m.

Posetiteli v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari bankdan olgan imtiyozli kreditini qanday qaytaradi

Staji yetarli bo‘lsa, fuqaroga pensiya tayinlanadi. Uning eng past miqdori bugungi kunda 513 ming so‘m. Hozirda fuqaro 111 500 to‘layotgan bo‘lsa, eng kam pensiya olish kafolatlanadi. Agar fuqaro ixtiyori bilan ko‘proq ijtimoiy soliq to‘lasa, pensiyasi oshadi. Ya’ni, imkoniyati bo‘lsa, to‘lasa shunga qarab ertaga pensiyasiyam oshadi.

Pensiya to‘lash bo‘yicha MDH davlatlarining o‘zaro kelishuvi mavjud. Qaysi davlatda mehnat faoliyatini amalga oshirib kelishidan qat’iy nazar, bugungi kundagi ma’lum belgilangan ijtimoiy soliqni to‘lasa, o‘taveradi.

Xulosa o‘rnida.

Ko‘rinadiki, O‘zbekiston katta mehnat kuchi potensialiga ega, hamma gap undan qanday, nima maqsadda foydalanishda. Vaqtlar bo‘ldi, mehnat migrantlariga past nazar bilan qaraldi... Bugunga kelib, ularga nisbatan qarash o‘zgardi. Nihoyat, ular ham millatning bir bo‘lagi ekani tan olindi. Bugun mehnat migrantlari masalalari yuqori davralarda muhokama qilinmoqda.

Muftiy Albir Krganov - Sputnik O‘zbekiston
Krganov migrantlar bilan ishlashni kuchaytirish zarurligini ma’lum qildi

Biroq, ma’lum bo‘lyaptiki, bu hali yetarli emas. Mehnat migrantlariga O‘zbekistonning kelajagini belgilab beruvchi, taraqqiyot yo‘lini ko‘rsatuvchi va shunga boshlovchi kuch sifatida qarash va shunga mos munosabatda bo‘lish lozim. Zero, bugungi globalizatsiya davrida yangicha fikr, yangicha qarash va ilg‘or g‘oyalar bir qobiqda o‘ralib yaratilmaydi. Zero, malakali  mutaxassislar bir kunda paydo bo‘lib qolmaydi.

Gap ular topib kelayotgan pulda ham emas...

Asosiysi, ular puldan-da qimmatroq turadigan bilim, malaka, tajriba, g‘oya va fikrga ega bo‘lishmoqda. Ular bir kun kelib, O‘zbekistonning yuzini albatta o‘zgartirishadi.

Millionlab insonlarning ong-tafakkuri millat qarashlariga ta’sir qilmasligi mumkin emas.

Yangiliklar lentasi
0