Yana 20ta samolyot Rossiya tinchlikparvar kuchlarini Yerevanga olib keldi

Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlarining 15-tinchlikparvar brigadasi Armaniston orqali Tog‘li Qorabog‘ mojarosi hududiga yo‘naltirildi.

Rossiya tinchlikparvar kuchlari An-124 va Il-76 samolyotlarida Yerevan aerodromlariga olib kelindi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi. 

"Rossiya Havo-kosmik kuchlarining 2ta An-124 "Ruslan" hamda 18ta Il-76 samolyotlari Yerevan aeroportiga rossiyalik tinchlikparvar kuchlarni olib keldi. Ular Tog‘li-Qorabog‘ mojaro hududidagi tinchlikparvar operatsiyada ishtirok etish uchun yo‘naltirilgan. Samolyotlar Yerevan aerodromlariga qo‘nishdi va rossiyalik harbiylar qurol-aslahalarni samolyotlardan tushirishdi", - deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi 3 kun ichida Rossiya Tog‘li-Qorabog‘ hududiga ham 58 ta harbiy texnika 1960 nafar askarlar, 90 ta bronetransporter, 380 ta harbiy avtomobil va boshqa maxsus texnika yetkazib berdi. 

Rossiya harbiy kontingentining asosini markaziy harbiy qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi 15-alohida tinchlikparvar moto-o‘qchi brigada tashkil qiladi. 

Yangiliklar lentasi
0