"Total diktant-2020" tanlovi a’lochilari mukofotlandi

Obuna bo‘lish
Bu yil "Total diktant" tanlovida Toshkentdan 155 kishi ishtirok etgan edi. Ulardan 5 kishi "a’lo" baho olgan.

Yakshanba kuni Toshkentda "Total diktant - 2020" rusti tilidan diktant yozish bo‘yicha tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Bu yil "Total diktant" Toshkentda 4ta maydonchada bo‘lib o‘tdi, unda 155 kishi ishtirok etdi, ulardan 5 kishi "a’lo" baho olgan. yana bir diktantda faqat punktual xato topilgan. 

Andrey Gerasimov qalamiga mansub, ushbu tanlov uchun maxsus yozilgan diktant mantnini Toshkentdagi Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filialida O‘zbekiston da xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Sagdullayev o‘qigan edi. 

Rustam Sagdullayev kecha O‘zbekistondagi Rus pravoslav cherkovi yeparxiyasida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida ham ishtirok etdi. Marosimda shuningdek Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi mitropoliti Vikentiy ham ishtirok etdi.

G‘oliblarga diplomlar va taniqli publitsist Fozil Irzabekovning kitobi sovg‘a qilindi. 

Yangiliklar lentasi
0