Dunyoda

“Tojdor virus” yengil shakli ham xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin – Britaniya olimlari

© REUTERS / NEXU Science CommunicationKoronavirus pod mikroskopom
Koronavirus pod mikroskopom - Sputnik Oʻzbekiston
Asoratlari xavfi yetarli darajada past deb baholanadigan - koronavirusning yengil shakli jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

TOSHKENT, 17 noya - Sputnik. Asoratlari xavfi yetarli darajada past deb baholanadigan - koronavirusning yengil shakli ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb yozadi Daily Mail Britaniyaning Coverscan guruhi mutaxassislari xulosalariga asosan.

Laborantы obrabatыvayut flakonы dlya novoy vaktsinы ot koronavirusa AstraZeneca - Sputnik Oʻzbekiston
Vaktsina koronavirusni toʻxtata olmaydi - BSST

COVID-19ning yengil shakli bilan kasallangan 200 dan ortiq bemor ishtirokida oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki: bemorlarda kasallik alomatlari uzoq vaqt saqlanib, deyarli 70 foiz kishida bir yoki bir nechta organlariga zarar yetkazdi.

Koʻpincha oʻpka, yurak va oshqozon osti bezi - xavf ostida. Shuningdek, virus buyrak, jigar va qorajigarda asoratlarni keltirib chiqardi.

Bundan tashqari, hatto infektsiyaga chalingandan soʻng bir necha oy oʻtgan boʻlsa ham, odamlar nafas qisilishi, mushak spazmlari va bosh ogʻrigʻidan shikoyat qildilar.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus koronavirusga qarshi vaktsina yakka tartibda pandemiyani toʻxtata olmaydi deb yozgan edi.

"COVID-19 pandemiyasi boshlangan vaqtdan vaktsina pandemiyani nazorat qilish uchun zarur boʻlishini bilgan edik. Ammo u qolgan instrumentlarni toʻldirishini, aslo ularning oʻrnini bosmasligini bilish muhim", - deyiladi xabarda.

Uning aytishicha, vaktsina avvaliga ommabop boʻlmasligi, cheklovlar boʻlishi, shu bois, birinchi galda tibbiyot xodimlari, katta yoshdagilar va surunkali kasalliklarga ega odamlar emlanadilar. Bu esa oʻlimlar sonini qisqartiradi va sogʻliqni saqlash tizimiga ushbu infektsiyaga qarshi kurashda samaradorlikni taʼminlaydi, ammo shu bilan birga virus bir joyda toʻxtab qoladigan emas.

Gebreyesus emlash ishlari boshlangandan keyin ham kuzatuv, testdan oʻtkazish, kasallanganlarni yakkalash va ularni davolash, aloqalar zanjirini aniqlash va karantin singari choralarni davom ettirishga chaqirdi. Shuningdek, BSST rahbariga koʻra, kasallik tarqalishining oldini olishga qarshi kurashda jamoalar va alohida fuqarolarni jalb etish zarurligini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala