Iqtisod

Oʻzbekiston 10 yillik yevrobondlar chiqarishga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы SSHA.
Denejnыe kupyurы SSHA. - Sputnik Oʻzbekiston
Birinchi muvaffaqiyatli emissiyadan soʻng Oʻzbekiston 10 yillik yevrobondlarni boorga chiqarishga tayyorlanmoqda.

TOSHKENT, 17 noya - Sputnik. Oʻzbekiston 10 yillik yevrobondlar chiqarishga tayyorlanmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, 10 yilga moʻljallangan nominali dollarda koʻrsatilgan yevrobondlar  chiqarish rejalashtirilmoqda. Qimmatli qogʻozlarni bozorga chiqarishda Oʻzbekiston Markaziy bankiga Citi, Gazprombank, JP Morgan, Societe Generale va VTB Kapital banklari lid-menedjerami va bukranner sifatida yordam berishadi.

Predsedatel Tsentralnogo banka Uzbekistana Mamarizo Nurmuratov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Birinchi muvaffaqiyatdan soʻng Oʻzbekiston yana yevrobondlar chiqaradi

Banklar 17 noyabr kuni investorlar bilan xalqaro konferents-qoʻngʻiroq ilishni rejalashtirishgan. Shuningdek bir qator individual qoʻngʻiroqlar qilish ham rejalashtirilgan. 

Shuningdek, Oʻzbekiston potentsial investorlar bilan milliy valyutada (soʻm) sarmoya kiritish masalasini ham muhokama qilishga kelishib olgan. 

Eslatib oʻtimiz, 2019 yilning boshida Oʻzbekiston qiymati $1 milliard dollar boʻlgan yevrobondlarni muvaffaqiyatli joylashtirgan edi. Bundan tashqari yaqinda Oʻzbekiston Energetika kompaniyalari ham sarmoya jalb qilish maqsadida mustaqil ravishda qimmatli qogʻozlar chiqarishi haqida prezident Shavkat Mirziyoyev aytib oʻtgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala