Oʻzbekiston regionlarida 26 ta koʻprikning tayanchlari kritik holatga kelib qolgan

© DaryoMost v Surxandarinskoy oblasti, raspolojennыy na 76-m km avtodorogi "Darband — Boysun — Elbayon"
Most v Surxandarinskoy oblasti, raspolojennыy na 76-m km avtodorogi Darband — Boysun — Elbayon - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Daryo va soylarning oʻzanlaridan – tosh, qum va shagʻalning nazoratsiz va noqonuniy ravishda qazib olinishi natijasida, ayrim koʻpriklarning oraliq tayanchlari kritik qiymatlardan ortiqcha yuvilib ketganligini aniqlandi - Transport vazirligi

TOSHKENT, 17 noya - Sputnik. Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan Oʻzbekistondagi koʻpriklar holati oʻrganildi, deb xabar qilmoqda Transport vazirligi axborot xizmati.

Most v Surxandarinskoy oblasti, raspolojennыy na 76-m km avtodorogi Darband — Boysun — Elbayon - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Surxondaryoda 6,5 mlrd soʻmga qurilgan koʻprik 9,6 mlrd soʻmga taʼmirlanadi

Ushbu oʻrganishlar natijasida, daryo va soylarning oʻzanlaridan – tosh, qum va shagʻalning nazoratsiz va noqonuniy ravishda qazib olinishi natijasida, ayrim koʻpriklarning oraliq tayanchlari kritik qiymatlardan ortiqcha yuvilib ketganligini aniqlangan.

Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorining 26-bandiga koʻra, daryolardagi koʻpriklardan – oʻzan boʻylab yuqoriga va pastga qarab 2,5 kmgacha boʻlgan masofada qum va toshlar qazib olish uchun karyerlar barpo etish taʼqiqlangan, deya eslatadi vazirlik.

Aytilishicha, mazkur talab bajarilmaganligi oqibatida, suv oʻzani sathining pasayishi sababli Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent va Andijon viloyatlarida barpo qilingan jami 26 ta koʻprikning tayanchlari kritik holatga kelib qolgan.

Yangiliklar lentasi
0