Infografika

Kichkintoylarga yoʻl bering!

Oʻzbekiston hukumati yangi tugʻilgan chaqaloqlarni roʻyxatga olish boʻyicha yangi tartib joriy etdi. Unga koʻra, tugʻilgan bola haqidagi maʼlumot barcha davlat muassasalari axborot tizimlariga avtomatik ravishda kiritiladi. 

2021 yilning 1 sentyabrida butun Respublika hududida ishga tushadigan yangi tartibga asosan tibbiy muassasa xodimlari tugʻilgan chaqaloq va uning ota-onasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron axborot almashish tizimiga kirtadi. maʼlumot bir vaqtning oʻzida FDXYO Yagona elektron arxivlarida va boshqa davlat organlari elektron tizimlariga yuboradi.

Shundan soʻng FDXYO boʻlimi maʼlumot olingan vaqtdan soʻng 3 soat ichida tugʻilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtiradi IIB tuman boʻlimi bir kun ichda bolaning ota-onasi doimiy roʻyxatda turgan joyida roʻyxatdan oʻtkazadi.

Bolaning ota-onasi yuborgan anketaga muofiq Maktabgacha taʼlim vazirligi bogʻchaga navbatga yozadi. 

Yangi tartib hozirgi kunda Toshkent va Nukusda amal qilmoqda. 2021 yilning 1 fevralidan barcha viloyat markazlarida ishga tushadi. 2021 yilning 1 sentyabridan butun respublika boʻyicha ishga tushadi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala