Davlat bayrog‘i kuni katta tantana bilan nishonlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Dnya Gosudarstvennogo flaga v Tashkente
Prazdnovanie Dnya Gosudarstvennogo flaga v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi tomonidan davlat bayrog‘i kuniga bag‘ishlangan harbiy parad, musiqiy va sport namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 18 noya - Sputnik. Bugun Toshkentda ob-havo sovushiga qaramasdan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimlar bo‘lib o‘dti, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Poytaxtdagi "Ashxobod" istirohat bog‘i oldidagi ulkan bayroq yonida "Vatanimiz bayrog‘i — faxrimiz, g‘ururimiz!" shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi. Unda Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaga qarashli harbiy texnikalar, otliq bo‘linmalar motosikllarda harbiy xizmatchilar hamda faol yoshlar ishtirokidagi tantanali paradi tashkil etildi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Dnya Gosudarstvennogo flaga v Tashkente
Davlat bayrog‘i kuni katta tantana bilan nishonlandi - Sputnik O‘zbekiston
Prazdnovanie Dnya Gosudarstvennogo flaga v Tashkente

Festival ishtirokchilari Amir Temur xiyoboni bo‘ylab harakatlanib, Xalqlar do‘stligi san’at saroyi yonida jam bo‘lishdi. Xalqlar do‘stligi san’at saroyi oldida harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari, san’atkorlarning konsert dasturlari bo‘lib o‘tdi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Dnya Gosudarstvennogo flaga v Tashkente
Davlat bayrog‘i kuni katta tantana bilan nishonlandi - Sputnik O‘zbekiston
Prazdnovanie Dnya Gosudarstvennogo flaga v Tashkente

Shuningdek, 18-noyabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan "G‘alaba" bog‘i majmuasida O‘zbekiston davlat bayrog‘iga bag‘ishlangan katta bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda "Vatanga qasamod" marosimining namoyishi, "Turon" harbiy davlat teatri tomonidan sahna ko‘rinishlari, Markaziy ashula va raqs ansambli hamda harbiy orkestrning konsert dasturlari, Mudofaa vazirligi Faxriy qorovulining chiqishlari, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi namoyishi, zamonaviy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Dnya Gosudarstvennogo flaga v Tashkente
Davlat bayrog‘i kuni katta tantana bilan nishonlandi - Sputnik O‘zbekiston
Prazdnovanie Dnya Gosudarstvennogo flaga v Tashkente
Yangiliklar lentasi
0