Siyosat

Sobiq prezidentga kafolatlar Gorbachevga joriy etilmaydi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishEks-prezident SSSR Mixail Gorbachev pered nachalom voyennogo parada, posvyaщyonnogo 74-y godovщine Pobedы v Velikoy Otechestvennoy voyne.
Eks-prezident SSSR Mixail Gorbachev pered nachalom voyennogo parada, posvyaщyonnogo 74-y godovщine Pobedы v Velikoy Otechestvennoy voyne. - Sputnik Oʻzbekiston
Seshanba kuni boʻlib oʻtgan yalpi majlisda Davlat dumasi Rossiyaning sobiq prezidentiga uning prezidentlik muddatidan qatʼi nazar, daxlsizlik berilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini koʻrib chiqmoqda.

TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Rossiyaning sobiq prezidentlariga beriladigan kafolatlar SSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovga joriy qilinmaydi, deya tushuntirdi Davlat Dumasining davlat qurilishi va qonunchilik qoʻmitasi rahbari Pavel Krasheninnikov. RIA Novosti xabari asosida.

Bыvshiy prezident SSSR Mixail Gorbachev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Gorbachyov SSSR parchalanishida kim aybdorligini aytdi

Seshanba kuni boʻlib oʻtgan yalpi majlisda Davlat dumasi Rossiyaning sobiq prezidentiga uning prezidentlik muddatidan qatʼi nazar, daxlsizlik berilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini koʻrib chiqmoqda.

"Rossiya Federatsiyasi SSSRning huquqiy vorisi sanaladi. Shu munosabat bilan, meni nazdimda, haqqoniy savol tugʻiladi. Ushbu taklif etilayotgan qonundan SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Sergeyevich Gorbachev foydalana oladimi? Bu qonun unga ham joriy qilinadimi?" — deya savol berdi KPRF deputati Denis Parfenov qonun loyihasi muhokamasi davomida.

"Men shunchaki qonun loyihasining nomiga eʼtiboringizni qaratmoqchiman — "Oʻz vakolatlarini toʻxtatgan Rossiya Federatsiyasi prezidenti kafolatlari toʻgʻrisida". <...> Men shunga eʼtibor qaratmoqchiman. Bundan kelib chiqadiki, javob: "Yoʻq, joriy etilmaydi", — dedi Krasheninnikov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala