Tabiat mo‘’jizasi: Qozog‘istondagi ko‘lda 1,5 ming flamingo qo‘ndi

Obuna bo‘lish
Qish kelishidan oldin issiq mamlakatlarga uchib ketayotgan 1500ga yaqin pushtirang flamingo qushlari to‘dasi Qozog‘istondagi Karakol ko‘liga qo‘ndi. 

Qo‘shni Qozog‘iston respublikasining Aktau shahri yaqinida joylashgan Karakol ko‘liga issiq mamlakatlarga uchib ketayotgan flamingo qushlari qo‘ndi. 

Karakol ko‘li Karagie-Karakol tabiat qo‘riqxonasi tarkibiga kiradi va qushlar migratsiya yo‘lida joylashgan. Yil davomida ushbu ko‘lda 90 ga yaqin qushlar to‘xtab o‘tadi. Ular orasida laylaklar, burgutlar va boshqa qushlar bor. Uzoq mamlakatlarga uchib ketayotgan yoki uchib kelayotgan qushlar ushbu ko‘l bo‘yida to‘xtab, suv ichib dam olib yana yo‘llarini davom ettirishadi. 

Bu safar ham pushtirang flamingolar Tengiz va Korgaljin ko‘llaridan uchib kelgan. Karaoldan so‘ng ushbu sayohatchi qushlar Turkmaniston hududida joylashgan Xazar qo‘riqxonasi tomon yo‘l olishadi. Undan so‘ng esa Eron tomonga uchib ketishadi. 

Yangiliklar lentasi
0