Tver viloyatida migrantlar uchun patent narxi oshiriladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tver viloyatidagi mehnat migrantlari 2021-yildan boshlab patent uchun oylik to‘lovni 5,3 ming rubl emas, balki 5,8 ming rubl to‘laydilar

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Tver viloyati hukumati 2021-yildan migrantlarga patent narxi ko‘tariladi, deb xabar bermoqda viloyat hukumati.

Vo vremya pandemii ne tolko migrantam ne xvatalo Moskvi, no i Moskve — migrantov - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migratsiyasi: O‘zbekistonni Yaponiya va Janubiy Koreya kelajagi kutaptimi?

Patent uchun oylik to‘lov shu vaqtgacha 5327 rubl bo‘lgan bo‘lsa, endilikda migrantlar 5805 rubl to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

Gubernator Igor Rudeni boshchiligidagi Tver viloyati hukumati prezidiumi majlisida qabul qilingan qarorga ko‘ra, bu choradan ko‘zlangan maqsad mahalliy aholi bandligi darajasini oshirishdir.

"Tver viloyati hukumati oldida muhim vazifa turibdi - ishchi kuchi o‘rnini bosishni sinxronlashtirish: mehnat migrantlari bo‘shatadigan ish joylarini Yuqori Volga aholisiga berish va shu bilan mintaqadagi aholi o‘rtasida mavjud ishsizlik muammosini kamaytirish kerak", - deya iqtibos keltiradi gubernator so‘zlaridan uning matbuot xizmati.

Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari kosmodromda ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda Tver viloyatida chet ellik fuqarolar uchun patent narxi 3 ming rublga yaqin edi.

Mintaqa hokimiyati qaroriga ko‘ra, patent narxi sekin-asta oshirilib borgan, bundan tashqari tashqi ish kuchiga nisbatan 33ta iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha cheklovlar kiritilgan.

Ko‘rilgan choralar tufayli mintaqada 9 mingta ish o‘rni muhojirlar tomonidan bo‘shatilgan.

Ta’kidlash joizki, Tver viloyati Rossiyaning ishsizlik darajasi eng past bo‘lgan subyektlaridan (85ta ichida 11-o‘rin) biridir.

Yangiliklar lentasi
0