Jamiyat

Armaniston aholisi Rossiyaga qanday munosabatda — soʻrov maʼlumotlari

© Sputnik / Fotobankka oʻtishKolonna rossiyskix mirotvortsev napravlyayetsya k monastыryu Dadivank v Nagornom Karabaxe
Kolonna rossiyskix mirotvortsev napravlyayetsya k monastыryu Dadivank v Nagornom Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston
10 noyabrga oʻtar kechasi Rossiya Federatsiyasi, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Togʻli Qorabogʻda urush tugaganligini eʼlon qilishdi. Shundan soʻng, mamlakatlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, mintaqaga Rossiyaning tinchlikparvar kuchlari yuborildi.

TOSHKENT, 19 noya — Sputnik. Armaniston aholisining aksariyati Rossiyaga nisbatan yaxshi munosabatda, Sputnik radiosi buyurtmasiga koʻra oʻtkazilgan soʻrov natijalari shundan dalolat bermoqda.

Telefon orqali oʻtkazilgan intervyu vaqtida respondentlarning 83,8 %i xuddi shunday pozitsiyani bildirganlar.

Armaniston aholisining faqat 9,4 foizigina aks javob berishgan, yana 6,8 foizi javob berishga qiynalgan.

© SputnikKogo schitayut soyuznikami jiteli Armenii
Armaniston aholisi Rossiyaga qanday munosabatda — soʻrov maʼlumotlari - Sputnik Oʻzbekiston
Kogo schitayut soyuznikami jiteli Armenii

Respondentlarning 62,3 foizi Armanistonga doʻst davlat sifatida Rossiyani tilga olishgan. Ikkinchi oʻrinda Frantsiya (39,9%), uning ketidan Eron (6,4%), AQSH (5,8%), Germaniya (1,2 %) va Gruziya (0,6%) kelmoqda.

Broshennaya voyennaya texnika na doroge v Nagornom Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Armaniston Togʻli Qorabogʻda qanday harbiy xatolarga yoʻl qoʻydi

Shu bilan birga respondentlarning 4,6 %i javob berishga qiynalishgan.

Armaniston ittifoqdoshi deb qaysi davlatni bilasiz, degan savolga armanlarning 84,6 foizi Rossiya nomini tilga olishgan, resondentlarning 11,8 foizi qarshi tomon boʻlgan. Respondentlarning yana 3,6 foizi javob bera olmagan.

Respondentlarning aksari (79,6 foiz) RFdan harbiy-siyosiy yordam olishga tayyorligini bildirganlar. Xuddi shunday yordamni Armaniston aholisining 14,4 foizi Frantsiyadan, 6,8 foizi Erondan, besh foizi AQShdan, 0,4 foizi Germaniyadan qabul qilishga tayyorligini bildirganlar. "Boshqadan" varianti uchun 12,2 foiz ishtirokchilar ovoz berishgan, 7,4 foizi esa javob tanlashda qiynalgan.

Tadqiqot 17 noyabr kuni Gallup International Armanistondagi eksklyuziv aʼzosi "Em Pi Dji" OAJ kompaniyasi tomonidan Sputnik buyurtmasiga koʻra oʻtkazilgan.

Soʻrovda 501 kishi ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala