Armaniston aholisi Rossiyaga qanday munosabatda — so‘rov ma’lumotlari

© Sputnik / Mediabankka o‘tishKolonna rossiyskix mirotvorsev napravlyayetsya k monastiryu Dadivank v Nagornom Karabaxe
Kolonna rossiyskix mirotvorsev napravlyayetsya k monastiryu Dadivank v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
10 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya Federatsiyasi, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Tog‘li Qorabog‘da urush tugaganligini e’lon qilishdi. Shundan so‘ng, mamlakatlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, mintaqaga Rossiyaning tinchlikparvar kuchlari yuborildi.

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Armaniston aholisining aksariyati Rossiyaga nisbatan yaxshi munosabatda, Sputnik radiosi buyurtmasiga ko‘ra o‘tkazilgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda.

Telefon orqali o‘tkazilgan intervyu vaqtida respondentlarning 83,8 %i xuddi shunday pozitsiyani bildirganlar.

Armaniston aholisining faqat 9,4 foizigina aks javob berishgan, yana 6,8 foizi javob berishga qiynalgan.

© SputnikKogo schitayut soyuznikami jiteli Armenii
Armaniston aholisi Rossiyaga qanday munosabatda — so‘rov ma’lumotlari - Sputnik O‘zbekiston
Kogo schitayut soyuznikami jiteli Armenii

Respondentlarning 62,3 foizi Armanistonga do‘st davlat sifatida Rossiyani tilga olishgan. Ikkinchi o‘rinda Fransiya (39,9%), uning ketidan Eron (6,4%), AQSh (5,8%), Germaniya (1,2 %) va Gruziya (0,6%) kelmoqda.

Broshennaya voyennaya texnika na doroge v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Armaniston Tog‘li Qorabog‘da qanday harbiy xatolarga yo‘l qo‘ydi

Shu bilan birga respondentlarning 4,6 %i javob berishga qiynalishgan.

Armaniston ittifoqdoshi deb qaysi davlatni bilasiz, degan savolga armanlarning 84,6 foizi Rossiya nomini tilga olishgan, resondentlarning 11,8 foizi qarshi tomon bo‘lgan. Respondentlarning yana 3,6 foizi javob bera olmagan.

Respondentlarning aksari (79,6 foiz) RFdan harbiy-siyosiy yordam olishga tayyorligini bildirganlar. Xuddi shunday yordamni Armaniston aholisining 14,4 foizi Fransiyadan, 6,8 foizi Erondan, besh foizi AQShdan, 0,4 foizi Germaniyadan qabul qilishga tayyorligini bildirganlar. "Boshqadan" varianti uchun 12,2 foiz ishtirokchilar ovoz berishgan, 7,4 foizi esa javob tanlashda qiynalgan.

Tadqiqot 17-noyabr kuni Gallup International Armanistondagi eksklyuziv a’zosi "Em Pi Dji" OAJ kompaniyasi tomonidan Sputnik buyurtmasiga ko‘ra o‘tkazilgan.

So‘rovda 501 kishi ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0