Baydendan “Shimoliy oqim-2” borasida nimalarni kutish mumkin?

© REUTERS / Maxim ShemetovLogotip proyekta Severniy potok - 2 na odnoy iz trub
Logotip proyekta Severniy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisodchi Stanislav Mitraxovich Sputnik radiosi efirida AQSh yangi prezidenti "Shimoliy oqim-2" borasida qanday siyosat olib borishi haqidao‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Germaniya, hukumat boshiga Bayden kelganidan so‘ng “Shimoliy oqim-2” borasida AQSh pozitsiyasi yumshashiga umid qilayotgan edi, lekin ekspertlar bunday bo‘lishiga shubha bildirishmoqda, deb yozdi Bild nashri jurnalisti Yulian Repke.

Uning xulosasiga ko‘ra, yangi yilda ham Vashington ushbu loyihaga bosim o‘tkazishda davom etadi. Repke bunday xulosaga kelishiga AQShning Rossiya kemalarini sug‘urta va sertifikatlaydigan korxonalarga qarshi sanksiyalar kiritish rejalari sabab bo‘lgan. Bayden deyarli tayyor bo‘lgan “Shimoliy oqim-2” loyihasini taqqa to‘xtatib qo‘yishi mumkin.

Logotip proyekta Severniy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik O‘zbekiston
Baydendan “Shimoliy oqim-2” borasida nimalarni kutish mumkin?

Barak Obamaning sobiq maslahatchisi Bendjamin Shmitt aytishiga ko‘ra, demokratlar ham yespublikachilar ham Rossiyadan Germaniyaga kelayotgan gaz quvuriga bir xil – yomon munosabatda bo‘lishmoqda.

Energetika xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Alan Rayli xulosasiga ko‘ra, Baydenning asosiy maqsadi ‒ loyihani yopish.

Iqtisodchi, Rossiya Hukumati huzuridagi Moliya universiteti hamda Milliy Energetika xavfsizligi fondi eksperti Stanislav Mitraxovich aytishiga qaraganda – bu yerda vaziyat bu qadar ravshan emas.

“Baydendan ikki xil natija kutish mumkin. Bir tomondan uning jamoasida Rossiyaga nisbatan yanada kuchliroq sanksiyalar kiritish tarafdorlari bor. Bandenning o‘zi ham bu masalaga ko‘proq salbiy nuqtayi nazardan qaraydi. Lekin u o‘zini “men egoist emasman” (Trampdek)  qabilida tutmoqda. Bu degani u bir tomondan yevropaliklarga “keling hamkorlik qilamiz” deb tursa-yu, ikkinchi tomondan “Gazprom” bilan ishlagani uchun ularga qarshi sanksiyalar kirita olmaydi. Shu sababli ham Baydenning harakatlari aniq bir tomonlama bo‘ladi deb aytish mushkul, - dedi ekspert radiosi efirida.

Umumiy quvvati 55 milliard metr kub bo‘lgan “Shimoliy oqim-2” loyihasi ikki gaz quvuridan iborat bo‘lib, Rossiya qirg‘oqlaridan Boltiq dengizi orqali Germaniyagacha quvur orqali gaz yetkazib yeripshni nazarda tutadi. Yevropaning barcha davlatlari uchun kerak bo‘lgan ushbu loyihaga AQSh, Ukraina va yana bir necha davlatlar qarshi chiqishmoqda. AQSh qarshi bo‘lishiga sabab – ular Yevropaga o‘zlarining suyultirilgan gazini sotishni istaydi. Ukraina esa – o‘z hududi orqali gaz tranzitidan olinadigan daromadlardan mahrum bo‘lishdan qo‘rqadi.

Logotip proyekta Severniy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik O‘zbekiston
Polsha "Shimoliy oqim-2" tufayli Gazpromni 7,6 milliard dollarga jarimaga tortdi

2019 yil oxirida gaz quvurini qurib bitkazishga bir necha kilometr qolganda AQSh loyihaga qarshi sanksiyalar kiritdi va qurilishni to‘xtatishni talab qildi. Shveysariyaning quvur yotqizuvchi kemasi Allseas shundan so‘ng o‘z ishini to‘xtatgan edi.

Oktabr o‘rtalarida Vashington “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalarini yanada kengaytirdi. Endi AQSh sanksiyalari ostiga nafaqat loyiha qurilishida ishtirok etayotgan, balkim unga moliya va sug‘urta xizmatlari ko‘rsatayotgan kompaniyalar ham tushib qoldi.

Quyidagi podkastda (rus tilida) siz “Shimoliy oqim-2” nima sababdan AQShni bunchalik g‘azabini keltirayotganini va Yevropa ham unga to‘g‘anoq bo‘layotganini tushunib olishingiz mumkin.

Uznat za 90 sekund: komu i chem meshayet "Severniy potok-2"?
Yangiliklar lentasi
0