Qazg‘oq xavfli kasallikning alomati - Britaniya olimlari

© Depositphotos.com / ZurijetaMujchina schishayet perxot s pidjaka
Mujchina schishayet perxot s pidjaka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parkinson kasalligining alomatlaridan biri - bu qazg‘oq. Express bu kasallikni o‘rganish bo‘yicha Britaniya jamiyati ma’lumotlariga asoslanib maqola nashr etdi.

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Parkinson kasalligining alomatlaridan biri - bu qazg‘oq. Express bu kasallikni o‘rganish bo‘yicha tarqiqot o‘tkazgan Britaniya jamiyati ma’lumotlariga asoslanib maqola nashr etdi.

Izobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar koronavirusning zaif joyini aniqladi

Seborey dermatiti - yengil shaklda u qarg‘oq shaklida namoyon qiladi, og‘ir holatda - bosh terisi qizarib, tangacha dog‘lar hosil bo‘ladi, kamdan-kam hollarda nam toshma paydo bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, olimlar seborey dermatitning Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga ta’sir qilish sababini hozircha ayta olmayapti.

Seborey dermatit - bosh terisining yallig‘lanish kasalligi. Kasallikning sababi ko‘pincha gormonal buzilish. Yana bir sabab - testosteron, anabolik steroidlar va glyukokortikosteroidlarni uzoq muddat davomida qabul qilish.

Avvalroq, amerikalik tadqiqotchilar Parkinson kasalligining eng keng tarqalgan belgilaridan biri - sababsiz terlash ekanligini ta’kidlashgan edi.

Parkinson kasalligi - bu markaziy asab tizimining asta-sekin o‘sib boruvchi degenerativ xastalik. Uning ko‘rinishlari - bu harakatlanishning buzilishi, mushaklarning og‘rishi va ularning ixtiyoriy qisqarishi (tremor). Muvozanatni saqlash qobiliyatini buzilishi ham ko‘zatilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0