Rossiya Musulmonlar kengashi migrantlar uchun portalni ishga tushiradi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Kurban-Bayrama v Moskve
Prazdnovanie Kurban-Bayrama v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
undan tashqari, mehnat migrantlarga ko‘mak berish uchun Rossiyaning 18ta viloyatida Huquqiy himoya va madaniy moslashtirish markazlari ochilgan.

TOShKENT, 19 noya - Sputnik. Rossiya Musulmonlar kengashi 25-noyabrdan boshlab butun barcha millat va e’tiqodga mansub mehnat migrantlari uchun federal portalni ishga tushiradi, deb xabar qildi muftiy Albir Krganov.

"25 noyabrda rosmigrant.rf (rosmigrant.ru) - yangi axborot portali ishga tushiriladi. Migrantlar u yerdan rus, tojik, o‘zbek va qirg‘iz tillarida turli dolzarb axborotni olishlari mumkin", - dedi Krganov. 

Undan tashqari ushbu tashkilotda "Migrant alifbosi" degan mehnat migrantlari uchun foydali axborotlar to‘plami tayyorlanmoqda. Undan tashqari foydali videolavhalar ham tayyorlanmoqda. 

"Loyihamiz boshlanganidan beri, bizga mehnat migrantlaridan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Hozir biz kuniga 40taga yaqin murojaatlar olmoqdamiz. Biz ularga nafaqat masofaviy xizmat ko‘rsatmoqdamiz, balkim o‘z masjidlarimizda ham bevosita yordam ko‘rsatmoqdamiz", - dedi muftiy. 

Eslatib o‘tamiz, biz necha kun oldin Rossiya muftiysi mehnat migrantlari uchun ochilgan Huquqiy himoya va madaniy moslashtirish markazi haqida aytib bergan edi.Shuningdek migrantlar uchun Rossiyaning barcha hududlaridan bepul qo‘ng‘iroq qilish mumkin bo‘lgan telefon raqami ham mavjud: 8-800-550-32-03. Migrantlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi ayni damda Rossiyaning 18ta viloyatida amal qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0