Hodisalar

Toshkentlik erkak haqorat tufayli ikki kishini pichoqladi

© Sputnik / StringerOkazaniye pervoy pomoщi
Okazaniye pervoy pomoщi  - Sputnik Oʻzbekiston
Mojaro oqibatida Alisher oshxona pichogʻi bilan Agʻzam ismli shaxsga hamda ularni ajratmoqchi boʻlgan 24 yoshli ayolning turli joylariga bir necha marotaba urgan

TOSHKENT, 19 noya - Sputnik. Toshkent shahrida 28 yashar erkak ogʻzaki urush oqibatida ikki insonni pichoqladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot-xizmati.

Noj v ruke - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qashqadaryoda fuqaro arzimagan qarz sabab qarindoshini pichoqladi

Hodisa 2020 yilning 16 noyabr kuni Sergeli tumanida yuz bergan.

Hodisa bosh qahramonlaridan biri 28 yoshli Alisher va uni haqoratlagan 18 yoshli Agʻzam oʻrtasida janjal kelib chiqqan.

Mojaro oqibatida Alisher oshxona pichogʻi bilan Agʻzam Y.,ga hamda ularni ajratmoqchi boʻlgan 24 yoshli Shaxnoza M.,ning tanasini turli joylariga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda, Agʻzam Y., va Shaxnoza M.,lar  tan jarohatlari bilan RSHTYOIMga murojaat qilishgan.

Koʻzdan kechirish jarayonida hodisa joyidan oshxona pichogʻi ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Alisher M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida Alisher M., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va himoyachi ishtirokida soʻroq qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala