To‘rtta viloyat bojxona boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi

© Sputnik/Viktor TolochkoPismenniy nabor glavi gosudarstva
Pismenniy nabor glavi gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident farmoyishiga asosan Buxoro, Navoiy, Samarqand va Xorazm viloyatlari bojxona boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi.

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoyishiga binoan bir qator hududiy bojxona boshqarmalarida tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar qildi DBQ matbuot xizmati.

Bojxona xizmati podpolkovnigi Qutlimuratov Bahodir Abdullayevich Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar B.Qutlimuratov Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat olib borgan.

Bojxona xizmati polkovnigi Yusupov Doniyor Tavakkaljonovich Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar D.Yusupov Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat olib borgan.

Bojxona xizmati polkovnigi Mirzaraximov Yakub Xakimovich Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Ya.Mirzaraximov Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti boshlig‘ining moliya-iqtisod va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat olib borgan.

Bojxona xizmati polkovnigi Kazakov Ilxombek Bazarbayevich Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar I.Kazakov Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari  lavozimida xizmat olib borgan.

Yangiliklar lentasi
0