Qirg‘iziston 33ta davlatga chegarasini ochdi, O‘zbekiston ham ro‘yxatda

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishOtkritie granisi mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom
Otkritie granisi mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Manas" aeroporti ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatga kirish ruxsatnomasi koronavirusga chalinish holatlari pasaygan mamlakatlar fuqarolariga berilgan

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Qirg‘iziston 33ta davlat fuqarolariga mamlakatga kirishga ruxsat berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston "Manas" xalqaro aeroportiga tayangan holda.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davlatlarda koronavirusga chalinish holatlari pasaygan va epidemiologik holat stabillashgan. Ro‘yxatda Yevropa mamlakatlari ham bor.

Ro‘yxat:

Rossiya;
Gruziya
Ozarbayjon
Armaniston
Belarus
Qozog‘iston
Turkmaniston
Belgiya
Avstriya
Buyuk Britaniya
Germaniya
Irlandiya
Islandiya
Italiya
Latviya
Litva
Lixtenshteĭn
Lyuksemburg
Portugaliya
Turkiya
Shveĭsariya
Shvetsiya
Qatar
BAA
Xitoy
Malaĭziya
Janubiy Koreya
Pokiston
Sloveniya
Quvaĭt
Yaponiya
O‘zbekiston
Vengriya
Xopkins tadqiqot instituti ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19ga chalinish holatlari eng ko‘p qayd etilgan davlatlar o‘ntaligiga AQSh, Hindiston, Braziliya, Fransiya, Rossiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Argentina Italiya, Kolumbiya kiradi.

AQShda infeksiyalanganlar soni 11 milliondan ko‘p bo‘lsa, Kolumbiyada — 1,2 millionga yetgan.


Yeshe: https://ru.sputnik.kg/society/20201119/1050486923/kyrgyzstan-vyezd-inostrantsy-grazhdane.html

Yangiliklar lentasi
0