TOSHKENT, 19 noya - Sputnik. Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan Respublikadagi koʻpriklar holati oʻrganilganda, daryo va soylarning oʻzanlaridan – tosh, qum va shagʻalning noqonuniy ravishda qazib olinishi natijasida, qariyib 26 ta koʻpriklarning oraliq tayanchlari kritik sathidan ortiqcha yuvilib ketganligi haqida mazkur inspektsiya matbuot xizmati axborot berdi.
"Ushbu xabar koʻplab ommaviy axborot vositalarida keng tarqalib, turli muhokamalarga, shu jumladan koʻprik quruvchilariga tegishli salbiy fikrlarga sabab boʻlmoqda", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJning "Koʻprikqurilish tresti" unitar korxonasi avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni ekspluatatsiya qilish boʻyicha vakolati 2019 yil Oʻzbekiston prezidenti Farmoniga binoan Oʻzbekiston Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi zimmasiga oʻtkazilgan.
Bugungi kunda "Koʻprikqurilish tresti" UK avtomobil va temir yoʻllar uchun koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar, tunnellar va boshqa qator transport vositalari uchun inshootlarni qurish sohasida yetakchi korxona hisoblanadi.
"Aynan qurilishlar uchun javob beradi, uning ekspluatatsiyasi esa korxona zimmasiga kirmaydi. Shu oʻrinda eslatish joizki, "Koʻprikqurilish" Tresti – pudrat tashkiloti sifatida Davlat tomonidan tasdiqlangan dasturlar doirasida, buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan loyihalar va shartnomalar asosida qurilish ishlarini bajaradi, xolos", - deyiladi tushuntirishda.