Toshkentning katta qismi sovuq kunlarda vaqtincha issiqlik ta’minotisiz qoladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSneg v Uzbekistane
Sneg v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, ayni paytda issiqlik tarmog‘idagi avariyani bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu manzilga zarur texnika va ishchi-mutaxassislar jalb etilgan.

TOShKENT, 20 noya - Sputnik. Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, Toshkentning katta qismi sovuq kunlarda vaqtincha issiqlik ta’minotisiz qoladi.

Sneg v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda sovuq ob havo 24-noyabrgacha saqlanib turadi

"Bugun Olmazor tumani Shimoliy Olmazor ko‘chasidan o‘tgan issiqlik tarmoqlari quvurida avariya yuzaga kelganligi sababli quyidagi manzillarda joylashgan barcha aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga vaqtincha issiqlik energiyasi yetkazib berishi to‘xtatildi", - deyiladi xabarda.

Issiqlik energiyasi yetkazib berishi to‘xtatiladigan manzillar: Sebzor ko‘chasi; G‘afur G‘ulom ko‘chasi; O.Bobojonov ko‘chasi; Qora Qamish 1/1, 1/2, 1/3, 1/4, 2/5, 2/1mavzelari; Muxbir ko‘chasi; Niyozov ko‘chasi; A.Hidoyatov ko‘chasi; S-12, S-15, S-16, S-17 mavzelari.

Xabarda aytilishicha, ayni paytda issiqlik tarmog‘idagi avariyani bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu manzilga zarur texnika va ishchi-mutaxassislar jalb etilgan.

Shuningdek, issiqlik tarmoqlari quvurida yuzaga kelgan avariyani bartaraf etish ishlari olib borillayotganligi sababli Usta Shirin ko‘chasining Jomiy maydoni aylanma yo‘lidan Shiroq ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilganligi qo‘shimcha qilingan. Shu sababli xaydovchilarga aylanma yo‘lllardan foydalanish tavsiya etiladi.

Yangiliklar lentasi
0