Ijtimoiy tarmoqlar va smartfondagi o‘yinlar odam xulq-atvoriga qanday ta’sir qiladi?

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishApple iPhone 6 i iPhone 6 plus
Apple iPhone 6 i iPhone 6 plus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mualliflar fikriga ko‘ra, smartfonlardan foydalanish va g‘ayriixtiyoriy tarzda qaror qabul qilish o‘rtasidagi bog‘liqlik borasida tobora ortib borayotgan dalillarni to‘ldirgan

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tiradigan yoki smartfondagi o‘yinlarni yaxshi ko‘radigan odamlar  impulsivlik(ta’sirchanlik), o‘zini boshqarishning buzilishi va zudlik bilan mukofotlanishga talpinish bilan ajralib turadi, deb yozadi Praym agentligi Berlin Ozod universiteti olimlariga asoslangan holda.

Rebenok v detskom dome-internate, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Tirik yetimlar, oilaviy janjal va smartfon: bolalar nega o‘z joniga qasd qilmoqda?

Tadqiqotda 101 ko‘ngilli ishtirok etgan va bu olimlarga 10 kun davomida ularning smartfonidan ma’lumotlarni to‘plashga imkon bergan. Tadqiqot ishtirokchilarining barchasi qator test va topshiriqlardan o‘tishgan, olimlar shu tariqa ularning o‘z-o‘zini nazorat qilishlari va mukofotlanishga nisbatan munosabatini baholashgan.

Aniqlanishicha, telefonda ko‘p vaqtini o‘tkazadigan ishtirokchilar keyin katta mukofotni olgandan ko‘ra, hozirning o‘zida kichik mukofotni tanlashga moyil ekan. Ta’kidlanishicha, ular telefondan foydalanish vaqtida yoki o‘yin o‘ynayotgan yoki ijtimoiy tarmoqda o‘tirgan bo‘ladilar. O‘z navbatida, o‘z-o‘zini boshqarish bo‘yicha yuqori darajani ko‘rsatgan tadqiqot ishtirokchilari smartfonda ancha kam vaqt o‘tkazgan.

Mualliflarning aytishicha, tadqiqot natijalari smartfondan foydalanish va g‘ayri tabiiy ravishda qaror qabul qilish o‘rtasidagi bog‘liqlik borasida tobora soni ortib borayotgan dalillarni to‘ldirgan. Ular, bu singari impulsivlik, maqsadga erishish uchun qulay bo‘lmagan xulq atvorga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0