Jamiyat

Xaridorlar Toshkent rastalarini bosib ketgan "loyqa rang tuxum"lardan shikoyat qilishmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishYaytso
Yaytso - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent aholisini sarigʻi loyqa-malla rangda boʻlgan tuxumlardan shikoyat qilishmoqda. Bunday antiqa tuxumlar Toshkentdagi savdo rastalarini bosib ketganligi aytilmoqda. "Parrandasanoat" uyushmasi tuxumlar nega bunday antiqa koʻrinishga egaligi sababini tushuntirdi

TOSHKENT, 21 noya - Sputnik. "Potrebitel.uz" hamjamiyatining telegramdagi sahifasida "loyqarang tuxumlar" muammosi koʻtarildi.

Varenoye yaytso - Sputnik Oʻzbekiston
Mutaxassislar "rezinka tuxum" sirini ochib berishdi

Guruh ishtirokchilarining soʻzlariga koʻra, tuxumlar badboʻy hidga yoki taʼmga ega emas, ammo koʻrinishidan har qanday ishtahani boʻgʻishga qodir. Xaridorlar bunday tuxumlar sotilgan 300dan ortiq manzillarni aytib oʻtishgan.

Xususan, Havas, "Makro", "Korzinka", Green Apple kabi supermarketlar, Toshkentning deyarli barcha yirik bozorlarida shunday tuxumlar sotilgan.

Shuningdek, Toshkent viloyatidan ham "loyqa rang tuxumlar"dan shikoyatlar boʻlgan.

Hamjamiyat administratori Liliya Nikolenkoning aytishicha, tuxumlar Master Chef va 365 kun markalari ostida, katta yashil rangdagi "M" harfi tushirilgan yorliqlarga oʻralgan, shuningdek, yorliqlarsiz ham sotilgan.

Kurinыe yaytsa na ptitsefabrike - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Rezina” tuxum mojarosi: Endi Oʻzbekistonda ham topildimi? – video

"Parranda sanoat" uyushmasi ushbu shikoyatlarga javoban, tuxum sarigʻining loyqa rangga kelib qolishi sababini tuxum qoʻyadigan tovuqlarning notoʻgʻri oziqlantirilishida, deya tushuntirgan.

Tovuqlar ratsioniga kombikormning umumiy hajmidan 3%gacha paxta chigitini kiritishga ruxsat berilgan. Ammo soya va kungaboqar toʻponining qimmatlashuvi va tanqisligi tufayli parranda fermalari bu raqamni 5-8%gacha koʻtarishga majbur qilgan boʻlishi mumkin.

Shuningdek, tuxum qoʻyadigan tovuqlar ratsioniga oziq-ovqat mahsulotlari (kotlet, baliq, joʻja, boʻgʻirsoq, kartoshka chipslari) qovurilishidan qolgan qayta ishlangan oʻsimlik yogʻi qoʻshilishi ham tuxum sarigʻining loyqa rangga aylanishiga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Parranda boquvchilarining soʻnggi vaqtlarda qayta ishlangan yogʻni sotib olish haqidagi eʼlonlari bu versiyani bilvosita tasdiqlamoqda.

Varenoye yaytso - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tuxumning xavfli xususiyati maʼlum qilindi

"Potrebitel.uz" uyushmasi barcha parranda boqiladigan fabrikalarga parrandalar ratsioniga amal qilish va ratsion sifatini yaxshilash, shuningdek, kombikorm tarkibiga kiruvchi yem komponentlarini sinchkovlik bilan tahlil qilish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrishni tavsiya etgan.

Maʼlum boʻlishicha, yirik supermarketlar tarmogʻi hozirda "loyqarang" tuxumlarni savdodan olish boʻyicha choralarni koʻrgan. Xaridorlarga esa, agar ular olgan tuxum sarigʻi loyqarang chiqqan taqdirda, mahsulotni doʻkonga olib borib, pulni qaytarib olish maslahat berilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala