Dunyoda

Rim papasi akkauntidan braziliyalik modelning erotik suratiga "layk" bosildi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishVizit Papы Rimskogo v Gruziyu
Vizit Papы Rimskogo v Gruziyu - Sputnik Oʻzbekiston
27 yashar Garibottoning Instagramda 6 oktyabrda eʼlon qilingan suratida, model kalta yubka va oq chulkida maktab oʻquvchisi obrazida boʻlgan. Bir hafta oldin esa, ushbu suratga goʻyoki Rim papasi Frantsisk tomonidan "layk" bosilgan.

TOSHKENT, 21 noya — Sputnik, Sergey Startsev. Vatikanda braziliyalik model Nataliya Garibottoning erotik surati ostida "Rim papasi"dan layk paydo boʻlishi bilan bogʻliq holat ustidan tekshiruv olib borilmoqda. RIA Novosti xabari asosida.

Papa Rimskiy Frantsisk I v Armenii - Sputnik Oʻzbekiston
Rim papasi jinsiy aloqani "ilohiy lazzat", deya atadi

"Biz yuz bergan voqea boʻyicha Instagramning kompetent xizmati yordamida surishtiruv oʻtkazayapmiz", - degan jurnalistlarga ushbu holat yuzasidan berilgan savolga Muqaddas taxt matbuoti xizmati rahbari Matteo Bruni.

27 yashar Garibottoning Instagramda 6 oktyabrda eʼlon qilingan suratida, model kalta yubka va oq chulkida maktab oʻquvchisi obrazida boʻlgan. Bir hafta oldin esa, ushbu suratga goʻyoki Rim papasi Frantsisk tomonidan "layk" bosilgan.

Ertasi kuni layk gʻoyib boʻlgani bilan, ammo pontifik tomonidan maʼqullash belgisi qizgʻin salbiy maʼnodagi muhokamalarni tugʻdirdi.

Vizit Papы Rimskogo v Gruziyu - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rim papasi Yangi yil tantanasida ayol kishiga qoʻl koʻtardi

Vatikan Muqaddas taxt vakillari bu voqeaga mutlaqo aloqador emasliklarini qatʼiy maʼlum qilib, ushbu masala yuzasidan ijtimoiy tarmoq maʼmuriyatiga tushuntirish uchun murojaat qilganlar.

Bularning barchasiga qaramay, versiyalardan biriga koʻra, ushbu layk pontifikning Instagramdagi rasmiy sahifasini yuritish bilan shugʻullanuvchi xodimlardan biri tomonidan qoʻyilgan boʻlishi mumkinligi, u bu ishni oʻz sahifasidan amalga oshirishni yaʼni qayta roʻyxatdan oʻtishni unutgan boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.

Dveri SIZO - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tojikiston fuqarosi ijtimoiy tarmoqdagi layklari uchun 10 yilni qamoqda oʻtkazadi

Natijada, Garibotto yanada mashhur boʻlib ketdi, Rim papasi Frantsiskning dushmanlari esa ushbu oʻngʻay kelib qolgan vaziyatdan uning nomini bulgʻash uchun foydalandilar.

Soʻnggi yillarda Muqaddas taxt internetdagi faoliyatga, xususan, ijtimoiy tarmoqlarga ayniqsa katta eʼtibor qaratmoqda. Pontifikning Twitterdagi akkaunti Rim papasi Benedikte XVI davridayoq, yaʼni 2012 yilda ishga tushirilgan. Frantsisk ushbu mikroblogda birinchi xabarini Apostol taxtiga saylanganining beshinchi kunida joylagan edi. Papaning Instagramdagi @Franciscus akkaunti 2015 yilning martida ochilgan va bugungi kunda kuzatuvchilari soni 7,4 million kishiga yaqinlashgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala