Rim papasi akkauntidan braziliyalik modelning erotik suratiga "layk" bosildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVizit Papi Rimskogo v Gruziyu
Vizit Papi Rimskogo v Gruziyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
27 yashar Garibottoning Instagramda 6-oktabrda e’lon qilingan suratida, model kalta yubka va oq chulkida maktab o‘quvchisi obrazida bo‘lgan. Bir hafta oldin esa, ushbu suratga go‘yoki Rim papasi Fransisk tomonidan "layk" bosilgan.

TOShKENT, 21 noya — Sputnik, Sergey Starsev. Vatikanda braziliyalik model Nataliya Garibottoning erotik surati ostida "Rim papasi"dan layk paydo bo‘lishi bilan bog‘liq holat ustidan tekshiruv olib borilmoqda. RIA Novosti xabari asosida.

Papa Rimskiy Fransisk I v Armenii - Sputnik O‘zbekiston
Rim papasi jinsiy aloqani "ilohiy lazzat", deya atadi

"Biz yuz bergan voqea bo‘yicha Instagramning kompetent xizmati yordamida surishtiruv o‘tkazayapmiz", - degan jurnalistlarga ushbu holat yuzasidan berilgan savolga Muqaddas taxt matbuoti xizmati rahbari Matteo Bruni.

27 yashar Garibottoning Instagramda 6-oktabrda e’lon qilingan suratida, model kalta yubka va oq chulkida maktab o‘quvchisi obrazida bo‘lgan. Bir hafta oldin esa, ushbu suratga go‘yoki Rim papasi Fransisk tomonidan "layk" bosilgan.

Ertasi kuni layk g‘oyib bo‘lgani bilan, ammo pontifik tomonidan ma’qullash belgisi qizg‘in salbiy ma’nodagi muhokamalarni tug‘dirdi.

Vizit Papi Rimskogo v Gruziyu - Sputnik O‘zbekiston
Rim papasi Yangi yil tantanasida ayol kishiga qo‘l ko‘tardi

Vatikan Muqaddas taxt vakillari bu voqeaga mutlaqo aloqador emasliklarini qat’iy ma’lum qilib, ushbu masala yuzasidan ijtimoiy tarmoq ma’muriyatiga tushuntirish uchun murojaat qilganlar.

Bularning barchasiga qaramay, versiyalardan biriga ko‘ra, ushbu layk pontifikning Instagramdagi rasmiy sahifasini yuritish bilan shug‘ullanuvchi xodimlardan biri tomonidan qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligi, u bu ishni o‘z sahifasidan amalga oshirishni ya’ni qayta ro‘yxatdan o‘tishni unutgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Dveri SIZO - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston fuqarosi ijtimoiy tarmoqdagi layklari uchun 10-yilni qamoqda o‘tkazadi

Natijada, Garibotto yanada mashhur bo‘lib ketdi, Rim papasi Fransiskning dushmanlari esa ushbu o‘ng‘ay kelib qolgan vaziyatdan uning nomini bulg‘ash uchun foydalandilar.

So‘nggi yillarda Muqaddas taxt internetdagi faoliyatga, xususan, ijtimoiy tarmoqlarga ayniqsa katta e’tibor qaratmoqda. Pontifikning Twitterdagi akkaunti Rim papasi Benedikte XVI davridayoq, ya’ni 2012-yilda ishga tushirilgan. Fransisk ushbu mikroblogda birinchi xabarini Apostol taxtiga saylanganining beshinchi kunida joylagan edi. Papaning Instagramdagi @Franciscus akkaunti 2015-yilning martida ochilgan va bugungi kunda kuzatuvchilari soni 7,4 million kishiga yaqinlashgan.

Yangiliklar lentasi
0