Tog‘li Qorabog‘da tinchlikparvar operatsiya reytingi

Obuna bo‘lish
Rossiya qo‘shinlarining Tog‘li Qorabog‘da bo‘lib turishi mojaro harbiy yo‘l bilan hal etilishi ehtimolini deyarli nolga tushiradi, Ozarbayjon va Armaniston rahbariyatiga muzokaralar stoliga, mahalliy aholiga esa o‘z uylariga qaytishlariga imkon beradi.

Bu Rossiya tashqi siyosati samaradorligi, RF Qurolli Kuchlarining bekamu-ko‘st tashkillashtirilgani va jangovar tayyorgarligi yuqori darajadaligi namoyishidir.

Broshennaya voyennaya texnika na doroge v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Armaniston Tog‘li Qorabog‘da qanday harbiy xatolarga yo‘l qo‘ydi

Mojaro zonasidagi tinchlikparvar kuchlar o‘z harakatlari bilan raqiblarning qurolli qarama-qarshiligini yo‘qqa chiqaradi. Rossiya HKK harbiy-transport samolyotlari 15-motoo‘qchilar brigadasi bo‘linmalari va texnikasini bu hududga tashishda davom etmoqda. Motoo‘qchilar Janubiy Kavkazda barqarorlikning ishonchli kafili sifatida nom qozonmoqda.

Operatsiya boshlanganidan so‘ng Stepanakert va Tog‘li Qorabog‘ning boshqa aholi punktlariga Armaniston Respublikasi hududidan to‘rt mingdan ortiq qochqinlar qaytib kelishdi. Birgina 19-noyabrda tinchlikparvar kuchlar qo‘riqlovida 27 ta avtobusda 1200 dan ortiq odam keldi.

Tog‘li Qorabog‘dagi eng murakkab gumanitar masalalarga yechim topish uchun idoralararo munosabat bildirish markazi tarkibida Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining jamlangan otradi va beshta ixtisoslashgan tuzilmalari - insonparvarlik yuzasidan minalardan tozalash, tibbiyot, transport va savdo-maishiy ta’minot, urushayotgan tomonlarni yarashtirish tuzilmalari faoliyat yuritmoqda.

Rossiyskie mirotvorsi v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlikparvarlik – Rossiya uchun bu qanchalik og‘ir yuk?

"Shimol" va "Janub" xavfsizlik zonalaridagi kuzatuv postlari, patrullash va politsiya vazifalarini oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Rossiya tinchlikparvar kuchlari Lochin yo‘lagi bo‘ylab fuqarolik avtotransportlar harakati xavfsizligini ta’minlamoqda, ular qurol-yarog‘ olib o‘tilishining oldini olish uchun avtomobillarda tekshiruv o‘tkazadilar. Rossiya operatsiyasining Qorabog‘dagi ko‘plab vazifalari, tuzilmalari, mexanizmlari va algoritmlari u qadar aniq emas. Qorabog‘ hodisasi tarixda analogi yo‘q va 15-motoo‘qchi brigadasi harbiy xizmatchilari oldiga qat’iy talablar qo‘ymoqda.

Rossiya FSB Armaniston tomonidan Ozarbayjonning g‘arbiy hududlari va Naxichevan Avtonom Respublikasi o‘rtasida transport harakatini ta’minlashini (fuqarolar, transport vositalari va yuklarning ikki yo‘nalishda ham hech bir to‘siqlarsiz harakatlanishini) nazorat qilib boradi. Rossiya hukumati tinchlikparvar kuchlarning faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishni o‘z zimmasiga oladi. Bunday operatsiya narxi yiliga yuzlab million dollarni tashkil etadi (shaxsiy tarkib ta’minoti, texnika ekspluatatsiyasi, yoqilg‘i sarfi), ammo Janubiy Kavkaz xavfsizligini pul bilan o‘lchab bo‘lmaydi.

Tog‘li Qorabog‘da Rossiya tinchlikparvar kuchlari - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘: yonayotgan uylar, Rossiya tinchlikparvar kuchlari va harbiy texnika

Operatsiya ahamiyati - juda katta, reytingi - eng yuqori. Rossiyaning Qorabog‘dagi missiyasi (BMT o‘lchovlari bo‘yicha) eng ko‘p sonli bo‘lmasin, mayli, ammo Janubiy Kavkazda va Kaspiy oldi mintaqasida barqarorlikni saqlab turish uchun u juda muhim.

Yaqin chet el mamlakatlari

Rossiya tinchlikparvar kuchlari sobiq ittifoq hududi - Abxaziya, Janubiy Osetiya, Tojikiston, Moldova xavfsizlikni mustahkamlash uchun ko‘p ishlarni amalga oshirdilar. Shunga qaramay, Tog‘li Qorabog‘da yaqindagina yuz bergan fojiali hodisalar MDH davlatlari o‘rtasida qurolli mojarolar potensiali saqlanib qolganligidan dalolat beradi. Tinchlikning o‘ta mo‘rtligi borasida misollar keltirish uchun uzoqqa borish shart emas.

Bugun Moldovaning yangi saylangan prezidenti Mayya Sandu Rossiya harbiy xizmatchilarini Pridnestrovye hududidan olib chiqilishi zarurati haqida dasturiy (yoki dejur) bayonot qildi.

Tegishli bitim asosida, 1992-yilda tinchlikparvar kontingent kiritilgandan so‘ng, - harbiy harakatlar to‘xtagan va 28-yil davomida qayta tiklanmagan Sharqiy Yevropaning yagona mintaqasi ekanligini u, ehtimol, .unutgan bo‘lishi mumkin.

Flag Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘dagi urush Ozarbayjonning g‘alabasi bilan yakunlandi – Aliyev

Pridnestrovye Molodva Respublikasida Rossiya qo‘shinlari operativ guruhi bor. Uning asosiy vazifalaridan biri - Kolbasna aholi punkti yaqinida joylashgan o‘ta yirik miqdorda (20 ming tonnadan ziyod) va haddan ziyod xavfli bo‘lgan eski qurol zaxiralari arsenalini qo‘riqlashdir (1990-yy boshida bu yerga Germaniya, Vengriya, Polshadan sovet qo‘shinlari o‘q-dorilar zapasi olib kirilgan. Arsenalni joyida yo‘q qilish imkonsiz, olib chiqish ham muammo - 2500ta vagon talab etiladi, ammo o‘q-dorilar zaxirasining 57%i allaqachon transportabel emas. Agar rossiyaliklar chiqib ketsa, Molovadagi holat haqiqiy ma’noda portlash xavfiga yaqin darajaga kelib qoladi. Umid qilamizki, pragmatizm ustun keladi.

Tinchlikparvar kuchlarning Markaziy Osiyo yo‘nalishida samaradorligi borasida misol keltirmoqchiman. Eslatib o‘tmoqchiman, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston 1993-yilda, mintaqaviy barqarorlik asosiga aylangan, Kollektiv tinchlikparvar kuchlarni (KTK) tuzish to‘g‘risida qarorni imzolashgan edi. O‘shanda KTK tarkibiga Rossiya Qurolli Kuchlarining 201-sonli motoo‘qchilar diviziyasi va Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston bo‘linmalari kirgan edi. O‘sha yili tinchlikparvar kuchlarning kollektiv sa’y-harakatlari bilan Tojikistondagi qurolli mojaroni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lindi. Respublikada Rossiya FSB chegara xizmatining tezkor guruhi qoldi va 2005-yilda 201-motoo‘qchilar diviziyasi asosida Tojikistondagi Rossiya 201-harbiy bazasi, aslida tinchlikparvar bazasi tashkil etilgan edi.

Vertoleti Mi-8 na ucheniyax Nerushimoe bratstvo - 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Buzilmas birodarlik: Belarusda ODKB harbiy mashqlari qanday o‘tmoqda

Rossiya Federatsiyasi BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi sifatida, xalqaro hamjamiyatning boshqa a’zolari bilan birgalikda butun koinotdagi tinchlik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Sobiq ittifoq hududida va MDHdan tashqari mamlakatlarda - alohida (avtonom) missiyalar, BMT kuchlari va KXShT kontingenti tarkibida millatlararo va ichki nizolarning oldini oladi va bartaraf etadi.

Yugoslaviyadan Angolagacha

Rossiyalik tinchlikparvarlar ahamiyat tajribaga ega va Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi harbiy kuzatuvchilar soni bo‘yicha RF birinchi o‘nlikka kirishi ham bejizdan emas.

Voyennoslujashie vo vremya sovmestnix antiterroristicheskix ucheniy kollektivnix sil bistrogo reagirovaniya gosudarstv-chlenov ODKB na poligone Xalkayer v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
ODKB Tojikistonda harbiy mashq o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Bunday missiyalar shartli ravishda ikki turga bo‘linadi - tinchlikni saqlash va tinchlikka majburlash. Mojaro zonasidagi vaziyat, tinchlikparvar kuchlarning ustuvor vazifalari va harakatlariga qarab, operatsiya maqomi o‘zgartirilishi mumkin. Shu tarzda, 2008-yil avgustda Gruziya-Osetiya mojarosi zonasida tinchlikni saqlash operatsiyasi Gruziyani tinchlikka majbur qilish operatsiyasiga aylandi (Gruziya tomoni harbiy harakatlar boshlagani va Rossiya tinchlikparvar kuchlari postiga qilingan hujumdan keyin).

Rossiya harbiy xizmatchilari 1992-yildan murakkab xalqaro tajribaga ega bo‘lishni boshladilar - BMTning Yugoslaviyadagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida (1992 - 2003), bunda ruslar kontingenti 1600 kishini tashkil etgan. Shu singari vazifalar keyinchalik Angola, Liberiya, Mozambik, Kot-d’Ivuar, Ruanda, Burundi, Efiopiya, Sudan, Chad Respublikasi va Markaziy Afrika Respublikasi (CAR) da hal etilgan.

Flagi stran-uchastnis Organizatsii Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti: Tadjikistana, Rossii, Kirgizii, Kazaxstana, Belorussii, Armenii i flag ODKB (sprava nalevo) - Sputnik O‘zbekiston
ODKB davlatlari biologik xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni ko‘rib chiqadilar

Har bir missiya mojaroning qaqshatkichligi, xavfsizlik zonasidagi harbiy qarama-qarshilik xatari, jalb qilingan qo‘shinlar va kuchlar soni, logistika va rotatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, mahalliy aholi mentaliteti va tabiiy-iqlim sharoitlari bilan belgilanadigan xarakterli xususiyatlarga ega. Harbiy xizmatchilar noma’lum davlatda "beqaror tinchlik" holatiga qisqa muddatda moslashishlari va o‘z missiyalarining butun davrida doimiy jangovar hozir holatda turishlari kerak.

Rotatsiyaning odatiy sikli - har olti oy, va bunda harbiy tinchlikparvar kuchlarning ruhi va jismoniy chidamliligi o‘ta qattiqqo‘l sinovdan o‘tkaziladi. Kuzatuvchilar missiyasi deyarli qurolsiz kechadi, tinchlikparvar kuchlar ishtirokidagi operatsiyalar asosan yengil qurol-aslahaga ega bo‘ladi.

Rossiyalik tinchlikparvar kuchlar joriy yilda BMTning to‘qqizta missiyasida xizmat qilishmoqda: G‘arbiy Saxarada (MINURSO), MARda (MINUSCA), Kongo Demokratik Respublikasida (MONUSCO), Kiprda (UNFICYP), Sudanda (UNISFA), Kosovoda (UNMIK), Janubiy Sudanda (UNMISS), Yaqin Sharqda (UNTSO), Kolumbiyada (UNVMC). BMT va Afrika ittifoqi tomonidan Sudanda olib borilayotgan tinchlikparvar operatsiyasi eng yirik (harbiy xizmatchilar soni 20 mingdan ziyod) sanaladi. Ekzotik geografiyaga qaramay, bu hayot uchun doim xavf soladigan mashaqqatli ishdir. Yer sayyorasida har yili 100ga yaqin tinchlikparvar halok bo‘ladi, fojialarning aksariyati - maqsadli hujumlar davomida yuz beradi.

Yangiliklar lentasi
0